Amerika qonunchilari: Har bir fuqaroni kuzatishga ruxsat bergan emasmiz

  • Amerika Ovozi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi, razvedka ma'lumotini oshkor qilgan Edvard Snouden, davlat xavfsizlik sirlarini "Vikiliks" saytiga uzatganlikda ayblanayotgan harbiy Bredli Manning suratlari.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi, razvedka ma'lumotini oshkor qilgan Edvard Snouden, davlat xavfsizlik sirlarini "Vikiliks" saytiga uzatganlikda ayblanayotgan harbiy Bredli Manning suratlari.

AQSh qonunchilari, xususan, 2001-yilgi terror hujumlaridan keyin maxfiy kuzatuv choralarini yoqlab chiqqan siyosatchilar, hukumat har bir fuqaroning kimga telefon qilganini kuzatsin, degan emasmiz, demoqda.

Jamoatchilik orasida hukumatning maxfiy dasturiga qarshi kayfiyat kuchayar ekan, Vakillar palatasi Adliya qo’mitasi a’zolari mazkur loyihani yopishini aytib po’pisa qilayapti.

Obama ma’muriyati xatosini to’g’rilamasa, shundan boshqa yo’l qolmaydi, deydi rasmiylar.

Amerika razvedkasi millionlab fuqarolar kimga telefon qilgani, internetda qaysi saytlarga kirganini yashirincha qayd etib borgan.

Milliy razvedka agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden o’tgan oy bu haqda matbuotni xabardor qilgan edi.

Kongressdagi tinglovda qonunchilarga savollariga javob bergan Jeyms Koul, adliya vaziri muovini, so’zlariga ko’ra, faqat telefon raqamlari va so’zlashuv qancha davom etgani qayd etilgan, fuqarolarning suhbati va ism-sharifi emas.

Uning aytishicha, programma Kongress tomonidan 2001-yilning 11 sentabr xurujidan keyin tasdiqlangan Patriot akti mahsulidir.

Bu loyiha yordamida o’nlab terror xurujlarining oldi olindi, deydi rasmiylar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG