Breaking News

Amerika maxfiy dasturi haqida ommani ogoh qilgan shaxs qayerda?


Edvard Snouden Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan yollangan xususiy firmada texnologiya bo’yicha ekspert bo’lib ishlayotib, sirli axborotni o’g’irlagan.
Edvard Snouden Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan yollangan xususiy firmada texnologiya bo’yicha ekspert bo’lib ishlayotib, sirli axborotni o’g’irlagan.
AQShning maxfiy kuzatuv dasturi haqida ommani xabardor qilgan shaxs g’oyib bo’lgan. Kompyuterchi Edvard Snouden kecha Gonkongdan turib “qilgan ishimdan afsusda emasman” degan edi.

Vashingtonda ayrim rasmiylar uni Amerika adliyasiga topshirib, sud qilishni talab qilayapti.

Maxfiy axborotni matbuotga oshkor qilgan Edvard Snouden g'oyib bo'lgan/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00
Yuklab oling

Edvard Snouden kecha Britaniyaning “The Guardian” gazetasiga dilini yorganidan keyin Gonkongdagi mehmonxonadan chiqib ketgan. U o’tgan oy Amerika Milliy xavfsizlik agentligi fuqarolarning telefon so’zlashuvlarini va internetdagi ma’lumotlarini zimdan kuzatgani haqida matbuotni boxabar qilgan edi.

Gazetalar buni chop etishidan oldin Snouden 20-may kuni Gonkongga jo’nagan.

Milliy xavfsizlik bo’yicha ekspert Fil Karter nazarida kompyuterchining xatti-harakati yurt xavfsizligini tahdid ostiga qo’ydi.

“Bu dastur yordamida hukumat bo’lg’usi terror xurujlarini oldindan bilishi mumkin. Xorij maxfiy xizmatlarini ham kuzatish imkonini beradi. Umuman, AQShdagi jinoiy faoliyatni fosh etishga xizmat qiladigan dastur”, - deydi tahlilchi.

Ammo Vikiliks sayti asoschisi, Amerikaning sirli diplomatik yozishmalarini oshkor etgan Julian Assanj fikricha, Snoudenning harakatlari maqtovga loyiq.

“Edvard Snouden jamoatchilikni oxirgi o’n yillikning eng jiddiy muammosi haqida ogoh qilgan qahramon. Hukumat sud tizimini ham o’ziga bo’ysundirib olgan va mahkamalar maxfiy qarorlar chiqarayapti. Bu qarorlar Amerika konstitutsiyasiga mutlaqo zid. Bu ham yetmaganday, rahbariyat AQShning “Google”, “Yahoo”, “Skype” va “Facebook” kabi texnologik kompaniyalarini o’z qabih niyatlari yo’lida ishlatayapti”, - deydi Julian Assanj.

Edvard Snouden Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan yollangan xususiy firmada texnologiya bo’yicha ekspert bo’lib ishlayotib, sirli axborotni o’g’irlagan.

“The Guardian” nashri muxbiri, kuzatuv haqidagi maqola muallifi Glen Grinvaldning aytishicha, Snouden nima qilayotganini va buning asoratlarini yaxshi tushunadi.

“Albatta, menga axborot ulashgan odamlar tadqiridan xavotir olaman. Shu bilan birga, Snouden juda bosiq, aqlli, odil inson va qarori qat’iy edi. Xatti-harakatlari nimaga yetaklashini oldindan anglab, o’lchab qaror qildi”, - deydi jurnalist.

Gonkong 1996-yilda imzolangan bitimga muvofiq, Snoudenni AQShga ekstraditsiya qilishi mumkin. Snouden tarafdorlari prezidentdan uni afv etishini so’rashi kutilmoqda.

Snouden esa so’z erkinligi e’zozlanadigan davlatdan siyosiy boshpana so’rash niyatida.

AQSh Adliya vazirligi voqea yuzasidan jinoiy ish ochgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG