Snouden Rossiyadan boshpana so’rash fikridan qaytdi

  • Amerika Ovozi

Edvard Snouden hamon Moskva aeroportida qolayotgani aytiladi. U vatani Amerikada josuslikda ayblanmoqda.

Edvard Snouden hamon Moskva aeroportida qolayotgani aytiladi. U vatani Amerikada josuslikda ayblanmoqda.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snoudenni qo’llab-quvvatlab chiqdi.

Maduro nazarida Snouden xalqaro himoyaga loyiq.

Amerika maxfiy kuzatuv loyihasi haqida matbuotni boxabar qilgan bu shaxs qotillik yoki portlash sodir etmadi, deydi Venesuela rahbari.

Maduro bu haqda bugun Moskvada prezident Vladimir Putin bilan muloqot paytida so’zladi.

Bugun ertalab Snouden Rossiyadan siyosiy boshpana so’rash fikridan qaytgani e’lon qilingan edi.

Ayrim manbalarga ko’ra, u kamida 19 mamlakatdan panoh so’rab murojaat qilgan.

Rossiya rahbari Vladimir Putin kecha qilgan chiqishida Snouden bu davlatda qolishi mumkin, biroq bir shart bilan – Amerika razvedkasi haqida nozik ma’lumotni oshkor etishni bas qilishi kerak, degan.

Snouden hamon Moskva aeroportida qolayotgani aytiladi.

U vatani Amerikada josuslikda ayblanmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG