Breaking News

Erkinlik va jamiyat xavfsizligi o'rtasidagi muvozanatni kim belgilaydi?


AQSh maxfiy dasturlari... US govt surveillance debate
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

AQSh maxfiy dasturlari... US govt surveillance debate

AQSh hukumati jurnalistlarning telefon qo’ng’iroqlarini kuzatgani ko’plab ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati vakillarini g’azablantirdi.

Bu xabar ortidan ko’p o’tmay millionlab amerikaliklarning ham telefon raqamlari kuzatilayotgani oshkor bo’ldi.

Fuqarolar erkinligi va davlat xavfsizligi o’rtasida muvozanat qanday bo’lishi kerak?

Erkinlik va xavfsizlik, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00
Yuklab oling
Ko’plab tanqidchilar fikricha, hukumat xavfsizlik choralarini ko’rishda haddidan oshib ketmoqda.

Jorj Vashington universitetining media va jamoatchilik masalalari bo’limi rahbari Frenk Sesnoning aytishicha, Adliya vazirligining jurnalistlar telefonini tekshirishi haqoratdek gap.

“20 dan ortiq muxbirning ikki oylik telefon qo’ng’iroqlarini tekshirish jurnalistika ish qoidalarining qo’pol tarzda buzilishidir. Axborot manbalarini himoya qilish jarayoniga, erkin va ochiq jamiyatning tabiiy xabarlar oqimiga ham putur yetkazilgan”, - deydi mutaxassis.

Sesnoning aytishicha, jamoatchilikning axborot olish huquqi va hukumatning jamiyat xavfsizligi uchun ayrim axborotlarni sir saqlashi o’rtasida muvozanat bo’lishi kerak. Ammo buning ham chegarasi bor, deydi u.

“Hukumat jurnalistlarga yuzlanib, bunday axborotni izlash jinoyat desa, muammo jiddiy tus oladi. Chunki axborotni qidirish jinoyat bo’lmasligi kerak”, - deydi Sesno.

Siyosiy qarshilik kuchli bo’lishiga qaramay, saylovchilar, odatda, hukumatning bunday ishlarini kechirishga o’rgangan.

Ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, amerikaliklarning 56 foizi Milliy xavfsizlik agentligi amalga oshirgan telefonlarni tekshirish dasturini terrorizmga qarshi to’g’ri amaliyot deb baholagan.

Prezident Obama bu mavzuda bahsga tayyor ekanini aytadi.

“Nyu-York Tayms” gazetasining sobiq muxbiri Bil Kovach esa mavzuni ochiqlash prezidentning ishi ekanini aytadi.

“Biz bir millat sifatida ko’rinmas, ko’pchilikka noma’lum va aniqlash qiyin bo’lgan bir dushmanga ro’baro’ kelyapmiz. Prezident va adliya vaziri oldida mavjud texnologiya yordamida shu qiyin muamoni yechish vazifasi turibdi. Jurnalistlarga vaziyatni tushuntirishlari, ular bilan suhbat o’tkazishlari kerak. Amerika xalqiga ham ziddiyatni anglatib, bundan buyon qanday yo’l tutishimiz lozimligi haqida tushuncha berishlari lozim”, - deydi jurnalist Kovach.

Yangi texnologiyalar konstitutsiyada belgilangan huquqlarga qanchalik daxl qilayotgani hanuz bahsli masala.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG