Breaking News

AQSh Suriyadagi elchisiga qilingan hujumni qoraladi


AQSh Suriyadagi elchisiga qilingan hujumni qoraladi
AQSh Suriyadagi elchisiga qilingan hujumni qoraladi

Diplomatlarga hamla ikki davlat munosabatlarini yanada chigallashtirdi.

Elchi Robert Ford Damashqda muxolifat vakillari bilan uchrashayotgan payt hukumat tarafdorlari unga tosh va pomidor otgan. Suriya hukumati nazarida voqeada elchining o’zi aybdor.

Oppozitsiya vakillari bilan muloqotga kelgan Fordni g’azablangan olomon qurshovga olgan. Uni voqea joyidan olib ketish uchun elchixonadan yuborilgan mashinalar dabdala qilingani ma’lum.

Suriya politsiyasi bir soatlardan keyin yetib kelib, ommani tarqatgan. Amerika elchisiga ziyon yetmagan.

O’xshash voqea shu yil yozda ham ro’y bergan edi. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha bu yo’l bilan xorijiy diplomatlarni qo’rqitishmoqchi.

Elchi Robert Ford, Suriyaning ommaviy qabr topilgan Jisr al-Shugur shahrida, 2011-yilning iyuni
Elchi Robert Ford, Suriyaning ommaviy qabr topilgan Jisr al-Shugur shahrida, 2011-yilning iyuni

“Suriya hukumati u yerda nimalar bo’layotganini savolga tutgan chet ellik kuzatuvchilarning ovozini o’chirishga harakat qilayapti. Bu juda afsuslanarli hol”, - deydi Klinton.

Suriyada shu kungacha, BMT hisob-kitobiga qaraganda, 2700 odamning yostig’i qurigan. Mamlakat jurnalistlar uchun yopiq. Klinton so’zlariga ko’ra, faoliyatini davom ettirayotgan elchi Robert Ford zulm qurshovida qolgan oddiy xalq tarafida.

Bashar al-Assad rejimi esa Qo’shma Shtatlarni qurolli to’dalarni armiyaga qarshi gijgijlayotganlikda ayblayapti.

Davlat departamenti vakili Mark Toner deydiki, Suriya rahbarlari xalq nega qo’zg’alganini o’zlari juda yaxshi bilishadi. “Aybni boshqaga to’nkashdan naf yo’q, fuqaro oldida javob bering”, deydi u.

Bugun Suriyaning Hims shahrida yetti askar va politsiyachilar halok bo’lgan. Hujumni muxolifat tomoniga o’tgan sobiq harbiylar uyushtirgani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG