Breaking News

Suriyaning kimyoviy qurollari dengizda yo’q qilinadi


Suriyaning kimyoviy qurollari - Syria Chemical Weapons
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:00 0:00

Sam Smith poses with his awards for Best New Artist, Best Pop/Vocal Album for "In the Lonely Hour" and Song of the Year and Record of the Year for "Stay With Me" in the press room at the 57th annual Grammy Awards in Los Angeles, California, Feb. 8, 2015.

Suriyaning kimyoviy qurollarini yo’q qilishni o’z zimmasiga olgan AQSh Mudofaa vazirligi ayni damda buning uchun zarur jihozlarni sinovdan o’tkazmoqda. Butun jarayon dengizda kechadi va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi, deya ishontiradi rasmiylar.
Suriyaning kimyoviy qurollari dengizda yo’q qilinadi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:23 0:00
Yuklab oling

Fuqaro urushi sabab qurollarni Suriyaning o’zida zararsizlantirishning iloji yo’q.

O’z qurol zaxiralarini yo’q qilishda o’nlab yillik tajribaga ega Qo’shma Shtatlar bu vazifani o’z bo’yniga oldi. Hozirda Cape Ray kemasini jihozlash ishlari boshlangan. Suriyadan keltirilgan zaharli moddalar - zarin va iprit dengizda yo’q qilinadi.

Mudofaa vazirligi so’zlovchisi Jennifer Alzi Sovuq urush davridan qolgan ommaviy qirg’in qurollarining 90 foizi Amerikaning o’zida yo’q qilinganini aytadi.

“Bu jarayon bir-ikki joyda hamon davom etayapti. Suriyaning qurollariga nisbatan ham xuddi shu texnologiyani qo’llash rejada”, - deydi u.

Jarayon shundan iboratki, kimyoviy moddalar suv va boshqa suyuqliklar bilan aralashtirilib, neytral holga keltiriladi. Operatsiyani dengizda o’tkazishga qaror qilindi, chunki ekologiya va xavfsizlikka oid talab va qonunlar bois quruqlikda bu ishni belgilangan muddatda bajarish qiyin bo’ladi.

Ommaviy qirg’in qurollarini qattiqroq nazorat qilishga undayotgan uyushma rahbari – Deril Kimbal:

“Operatsiya qat’iy grafik asosida va qisqa vaqt ichida bitkazilishi kerak, reja boshidan shunday tuzilgan. Shuning uchun biror boshqa mamlakat bu ishni bajarishi qiyin bo’ladi”.

Rasmiylarning aytishicha, kimyoviy qurol-aslaha tarixda ilk bor kemada yo’q qilinadi, lekin xavotirga o’rin yo’q. Biror qonunni aylanib o’tishga harakat qilayotganimiz ham yo’q, deydi ular.

Zaharli chiqindilardan so’ngra qanday qutulish masalasi ham bor. Jahonning turli burchaklarida joylashgan 40 dan ziyod kompaniya bu ishda o’z xizmatlarini taklif etayapti.

Green Cross ekogolik tashkiloti vakili Pol Voker “Amerika Ovozi” bilan Skayp orqali gaplashar ekan, AQSh tashabbuslarini olqishladi. Ammo ehtiyotkorlik bosh shart.

“Toksik chiqindilarni qayta ishlashga o’ta jiddiy yondashgan ma’qul. Atrof-muhit va inson salomatligiga ziyon yetmasin. Bunday imkoniyat tug’ilishiga hatto yo’l berilmasin”, - deydi u.

Pentagonning bildirishicha, zaharli gazlar yo’q qilingach, chiqindisi quruqlikdagi maxsus tijoriy obyektga yetkaziladi va boshqa xavfli moddalar singari qayta ishlanadi.

“Zaharli moddalar kemadagi konteynerlarga joylashtiriladi, okeanga tashlanmaydi”, - deydi Mudofaa vazirligi vakili.

BMT inspektorlari Suriyada 20 tonna iprit hamda insonni falaj qiladigan zarin gazini ishlab chiqarishda qo’l keladigan ming tonna boshqa materiallar borligini aniqlagan. Shu yil yozda bu moddalar aholiga qarshi ishlatilgan edi.

AQSh tomonidan qurolli hujum tahdidi bilan yuzlashgan Suriya hukumati barcha kimyoviy qurollarini 31-dekabrgacha xalqaro hamjamiyat nazoratiga topshirishga rozi bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG