Suriyani nima qilamiz? Arab Ligasi, AQSh va Rossiya kelisha olmayapti

  • Amerika Ovozi

Suriyani nima qilamiz? Arab Ligasi, AQSh va Rossiya kelisha olmayapti

Suriyani nima qilamiz? Arab Ligasi, AQSh va Rossiya kelisha olmayapti

Suriyada so’nggi bir necha kun ichida zo’ravonlik avj olib, 70 dan ziyod odam o’lgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotida Qo’shma Shtatlar va arab davlatlari birgalashib, rezolyutsiya bilan chiqmoqda.

Prezident Bashar al-Assad hokimiyatni muoviniga topshirib, saylov kuni belgilansin, deyiladi unda. Ammo Rossiya va Xitoyning qarshiligi sabab hujjat ovozdan o’tmasligi hozirdan ayon.

Arab Ligasi safarbar etgan kuzatuvchilarning uchdan bir qismi Suriyani tark etdi. Prezident Bashar al-Assad hokimiyatdan ketsin degan talablar asossiz, G’arb fitnasi bu, deydi Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallim.

“Arab Ligasining takliflari chetdan kelayotgani ko’rinib turibdi. Bizga ular to’g’ri kelmaydi”, - deydi u.

Suriyani nima qilamiz? Arab Ligasi, AQSh va Rossiya kelisha olmayapti

Suriyani nima qilamiz? Arab Ligasi, AQSh va Rossiya kelisha olmayapti

Suriyadagi ahvolni kuzatib turgan AQSh rasmiylari shuncha qon to’kilgani yetar, deydi. Kongress oldida so’zlar ekan, prezident Barak Obama Liviya va Misrda diktaturalar qulaganini tilga oldi. Bashar al-Assadni yana bir bor ketishga chaqirdi.

“Assad rejimi o’zgarishga to’siq bo’la olmasligini anglab yetadi, bunga ishonchim komil. Xalqni o’z huquqlaridan ayira olmaysiz”, - deydi Obama.

AQShning inson huquqlari bo’yicha bosh diplomati Maykl Pozner yaqinda Misrga safar qildi. Arab Ligasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusni qo’lga olishi lozim, deydi u.

“Vashington ham har ikki tuzilma bilan bu borada hamkorlikka tayyor. Masala BMT Xavfsizlik Kengashida oldinga siljiydi degan umiddamiz”.

Ammo Yaqin Sharq bo’yicha ekspert Stiv Xeydeman Arab Ligasi namoyish etayotgan hamjihatlik uzoqqa borishiga ishonmaydi. Chora izlash yana AQSh bo’yniga tushishi mumkin.

“Yaqin Sharqdagi jarayonlar AQSh siyosatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Suriya bilan region davlatlarining o’zi shug’ullansin, o’zlari chora ko’rishsin, degan ma’noda shu paytgacha Arab Ligasiga tayanib kelayapmiz. Aks holda, ichki ishlarga aralashyapmiz deb yana G’arbga, Amerikaga aybni to’nkashadi”, - deydi tahlilchi.

Suriyani nima qilamiz? Arab Ligasi, AQSh va Rossiya kelisha olmayapti

Suriyani nima qilamiz? Arab Ligasi, AQSh va Rossiya kelisha olmayapti

Biroq BMTdan umid yo’q hisob. Suriyaga sanksiya qo’yish yoki harbiy chora ko’rishga qaratilgan rezolyutsiyaga Rossiya veto qo’yamiz degan.

Masala yuzasidan gaplashib olish uchun Amerika diplomatlari yaqinda Moskvaga bordi. Suriya bir yildan beri olov ichida, xalqaro hamjamiyat bir yechim bilan chiqmasa bo’lmaydi.

Lekin, deydi tahlilchilar, Rossiya va Xitoyni ko’ndirish oson emas. Ular Liviyada bo’lgani kabi harbiy kampaniyaga qarshi, qolaversa, ittifoqchisidan ayrilishdan qo’rqadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG