AQSh-Tayvan savdo aloqalari qayta jonlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Tayvan poytaxti Taypeyda o'tgan axborot texnologiyalari ko'rgazmasi

Tayvan poytaxti Taypeyda o'tgan axborot texnologiyalari ko'rgazmasi

Besh yillik tanaffusdan so’ng Tayvan va AQSh yana savdo munosabatlarini yo’lga qo’ymoqda. Tayvan hukumati AQShdan keltiriladigan mol go’shtiga taqiq qo’ygan edi. O’tgan yili bu cheklov bekor qilindi. Hozir Taypeyda ikki davlat o’rtasida savdo aloqalarini liberallashtirish bo’yicha muzokaralar bo’lib o’tmoqda. Maqsad kuchli eksport salohiyatiga ega bo’lgan Tayvan iqtisodiyotining qo’shni o’lkalar bilan raqobatbardoshligini oshirish.

Yakshanba kuni yopiq eshiklar ortida AQShning savdo aloqalari bo’yicha rasmiysi Demetrio Marantis hamda Tayvanning iqtisodiyot vaziri Cho Shi-chao eksport va investitsiya oqimini erkinlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Tayvan AQSh bilan erkin savdo bitimini imzolash umidida. Bu Osiyo davlatining mintaqadagi nufuzini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, Xitoy Taypeyi 11 a’zodan iborat Trans-Atlantika hamkorlik savdo paktiga qo’shilish bo’yicha muzokaralar olib boryapti.

AQSh Savdo rasmiysi Marantisning aytishicha, Tayvan bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo’lida muzokaralar davom etadi.

“Tayvan biz bilan erkin savdo bitimi tuzishga, Trans-Atlantika hamkorlik paktiga qo’shilishga qiziqish bildiryapti. Muzokaralarimiz samarali kechdi va biz yuqorida tilga olingan masalalar bo’yicha gaplashib oldik”, - dedi u.

Tayvan AQShga eng ko’p mahsulot eksport qilish bo'yicha Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Shuningdek, AQSh Tayvan iqtisodiyotiga eng ko’p sarmoya kiritgan mamlakatdir.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG