Breaking News

Texnologiya kompaniyalari Oq uydan norozi


"Google" kompaniyasida yuzlab xorijliklar ishlaydi, ular orasida musulmonlar ko'p va ayrimlari Oq uy taqiqiga uchragan davlatlardan
"Google" kompaniyasida yuzlab xorijliklar ishlaydi, ular orasida musulmonlar ko'p va ayrimlari Oq uy taqiqiga uchragan davlatlardan

San-Fransiskoda Yaqin Sharqda biznes va sarmoya mavzusida o'tgan texnologik anjumanda Oq uyning yetti musulmon davlatdan AQShga hech kimni uch oy davomida kiritmaslik qarori keskin qoralandi.

Yetakchi texnologiya kompaniyalaridan biri "Google"da yuzlab xorijliklar ishlaydi, ular orasida musulmonlar ko'p va ayrimlari Oq uy taqiqiga uchragan davlatlardan.

Menejerlardan biri Dina Shokir deydiki, texnologiya chegara, din, elat yoki irq tanlamaydi. Donald Tramp siyosati bizneslarga zarar, deydi u.

"Google" rahbari Sundar Pichay ham Iroq, Eron, Sudan, Somali, Yaman, Liviya va Suriya fuqarolariga viza bermaslik haqidagi farmonni har jihatdan aql bovar qilmaydigan qaror deb atab, Oq uyni bu yo'ldan qaytishga undadi.

Pichayning aytishicha, bu taqiq har bir insonga zarar keltiradi, chunki bugungi dunyo globalizatsiyaga asoslangan, hamma bir-biriga bog'liq. "Google"ning 187 xodimi farmondan bevosita zarar ko'radi, deydi u.

"Facebook" rahbari Mark Zukerberg ham Trampning farmoni Amerika qadriyatlariga zid, deb chiqqan. Oq uy bu qaroridan qaytsin, deya chaqirmoqda u.

Oq uy tanqidlarga beparvo. Prezident Trampga ko'ra, terrorizmga qarshi real kurash mana shunday cheklovlarni talab qiladi.

Ilg'or texnologiya markazi bo'lmish Silikon vodiysida har ikkinchi odam chet eldan. Immigratsiya bu yerda mehnat qiladiganlar uchun o'ta muhim masala. Silikon vodiysida ko'rilgan zarar butun Amerika va jahon miqyosida seziladi, deydi mutaxassislar. Texnologiya kompaniyalari Tramp siyosatiga qarshi birgalikda kurashmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG