Breaking News

Yoshlar keksalarga ustoz - texnologiyalarda


Odatda o’qituvchi yoshli odam, o’quvchi esa kichik. Ammo texnologiya sohasida buning aksini ko’rasiz. Yoshlar keksalarga ustoz. Merilend shtatidagi Kolumbiya shahrida bepul kurslar taklif qilinadi. O’qituvchilar – internet davrida tug’ilib katta bo’layotgan avlod.

Texnologiya - bola o'qituvchi, katta esa o'quvchi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00
Yuklab oling

Mayra Stafford texnologiya kurslariga yozilganida maqsadi bitta edi: iPad planshetidan foydalanishni o’rganish.

“Qizim sovg’a qilgandi. Ancha bo’ldi. Ishatmaysizmi, deyaverdi”.

Mayra planshetni qo’llashni o’rganyapti. O’ziga ishonchi ortdi.

“Bugun anchagina bilim oldim. Nevaramga endi bu iPadni o’ynashi uchun navbat yo’q,” - deydi u.

Zayon Perkins - Mayraning o’qituvchisi.

“Sabr-toqat kerak, chunki kompyuter texnologiyalarini mutlaqo bilmaydiganlar bor”.

Merilend shtatining Kolumbiya shahridagi 50+ markazida keksalar uchun taklif qilinadigan darslardan biridamiz.

“Tsigun va taychi bo’yicha jismoniy mashqlardan tortib karta o’ynash va bichish-tikish kabi kurslargacha - hammasidan bor,” - deydi markaz direktori Meridi Mikkayg.

Keksalar texnologiyani o’rganishga majbur, deydi u.

“Ayrimlari tashqariga ko’p chiqmaydi, uzoqqa safar qilib, yaqinlarini ko’rishga bora olmaydi. Demak, “Facebook”, “Skype” orqali muloqot qilish kerak”.

Iqtisodiy jihatdan foydasi ham bor. Karyera va pensiya masalalari bo’yicha mutaxassis Kerri Xannonga ko’ra, keksalar - internet-iqtisodning kattagina qismi.

“Internet foydalanuvchilarning uchdan bir qismi – yoshi 50 dan oshgan odamlar. Ular texnologiyadan foydalansa, internetda savdo qiziydi,” - tushuntiradi u.

Texnologiya bilimi bilan keksalar o’zi uchun ish ham qidiradi.

“Internetga rezyume joylashtirish kerak. “LinkedIn” professional tarmoqqa a’zo bo’lish zarur. Shu orqali tengqurlar bilan tanishish, ish topish mumkin,” - deydi Xannon.

Karlton Ridkallovey uchun bu ayni muddao.

“1995-yilda pensiyaga chiqqanimda kompyuterlar endi chiqayotgan edi. Kompyuterdan foydalanishni o’rganmasam ham bo’ladi, deb o’ylagandim o’shanda”.

Keyinchalik u yangi kasb egalladi – aktyor. Kurslardan olingan bilim yangi professional faoliyatida qo’l kelayapti.

"Internetga suratarimni joyladim. Muallimam esa fotolarni agentimga yuborishda yordamlashdi,” - deydi u.

Muallima Medison Lam ham ko’p narsa o’rganmoqda.

“Odamlar bilan muomala qilishni o’rgandim. Chunki men tabiatan uyatchan, tortinchoqman”.

Yosh muallimlar muloqot qilishni o’rganmoqda, boshqa sohalar bilan tanishmoqda, deydi kurslarni tashkil etgan markaz xodimi Safayr Vindli.

"Ular uchun bu mashg’ulotlar har tomonlama foydali. Yangi bilim, tajriba…”

Kimgadir texnologiyalar dunyosini ochib berish, internetdan foydalanishni o’rgatishning o’zi katta yutuq.

Kattalarni o'qitayotgan bolalar - Kids teaching seniors
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:31 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG