Bostonda otib o'ldirilgan shaxs politsiyachilarni "so'yishni rejalagan"

  • Amerika Ovozi

Boston shahrida shu hafta otib o’ldirilgan shaxs politsiyachilar boshini pichoqdan o’tkazishni rejalagan edi, deya xabar bermoqda huquq-tartibot rasmiylari.

Federal Qidiruv Byurosi (FQB) ma’lumotiga ko’ra, 26 yoshli Usoma Rahim 24 soatlik kuzatuv ostida bo’lgan hamda ikki odamga shtat tashqarisiga chiqib duch kelgan odamni so’yish niyati borligini aytgan. U shu maqsadda ikkita ovchi pichog’iga buyurtma ham bergan. Ammo u o’ldirilishidan bir kun oldin fikridan qaytganini va Massachusetsning ozida “ko’k formadagi” odamlarni (politsiyachilarni) o’ldirmoqchi ekanini aytgan.

Bu gaplar aytilishidan bir necha soat o’tib, FQB vakillari hamda Boston politsiyasi Rahimni dorixona oldida hibsga olishga uringan. Rahim politsiyachilarga qarata pichoq bilan o’qtalishga uringach, uni otib o’ldirishgan.

Rahimning rejalaridan xabardor bo’lgan 24 yoshli Deyvid Rayt hibsga olingan. Rasmiylarga ko’ra, Rayt Rahimga telefonini yo’q qilishni va kompyuteridagi ma’lumotlarni o’chirishni maslahat bergan.

Rahimning orqasidan otilgani haqida da’volar paydo bo’lgach, xavfsizlik xodimlari Rahim va politsiyachilar o’rtasida yuz bergan to’qnashuv aks etgan videoni jamoatchilikka oshkor qildi. Unda Rahimning pichoq bilan hujum qilishga uringani va shundan so’ng politsiyachilar o’q otgani aks etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG