AQSh: Xitoy Tiananmen qurbonlari bo'yicha ma'lumotni oshkor etsin

  • Amerika Ovozi

O'n minglab gonkongliklar 1989-yili Pekinning Tiananmen maydonida tinch namoyishning bostirilganini xotirlamoqda, 4-iyun, 2014-yil

O'n minglab gonkongliklar 1989-yili Pekinning Tiananmen maydonida tinch namoyishning bostirilganini xotirlamoqda, 4-iyun, 2014-yil

Pekinning Tiananmen maydonida ommaviy namoyishning qonli bostirilganiga 25 yil to’lishi munosabati bilan Qo’shma Shtatlar Xitoyni inson huquqlarini e’zozlashga yana bir bor chaqirdi.

Oq uy bayonot chiqarib, chorak asr oldingi namoyishda qurbon bo’lganlarni xotirlashini, Tiananmen maydoni qurbonlari olg’a surgan asosiy erkinliklar talabini targ’ib qilishini bildirdi.

AQShga ko’ra, Xitoy so’nggi yillarda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ulkan zafarlarga erishdi, AQSh bilan aloqalar ijobiy, biroq Qo’shma Shtatlar inson huquqlari va asosiy erkinliklar masalasini ko’tarishda davom etadi.

Oq uy Xitoyni 1989-yil 4-iyunida o’ldirilganlar, hibsga olinganlar, bedarak ketganlar haqida ma’lumot berishga chaqirdi.

Bugun Gonkong va Malayziyada ham Tiananmen qurbonlari yodga olindi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG