Obama Tibet rahnamosi Dalay Lamani Oq uyda qabul qildi

  • Amerika Ovozi

Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o’tdi. Xitoy Dalay Lamani Tibet mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan bo’lginchi deb ataydi. 

Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o’tdi. Xitoy Dalay Lamani Tibet mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan bo’lginchi deb ataydi. 

Xitoydan tanqid eshitsa-da, Prezident Barak Obama Tibet diniy rahnamosi Dalay Lamani Oq uyda qabul qildi.

Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o’tdi. Xitoy Dalay Lamani Tibet mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan bo’lginchi deb ataydi.

Ammo AQSh rahbari u bilan ilgari ham ko’p marta ko’rishgan, unga “qadrdon do’st” deb murojaat qiladi.

Xitoy nazarida Vashington ichki ishlarga aralashmoqda.

“AQSh Tibetni Xitoyning bir bo’lagi deb ko’rishga va’da bergan. Dalay Lama din niqobi ostida xalqaro sahnada o’z mavqeini oshirib, Xitoyni bo’lish g’oyasini olg’a suradi. Hech bir davlat yoki hukumat u bilan uchrashmasligi kerak”, - deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Lu Kang.

Dalay Lama va Pekin o’rtasida muzokaralar 2010-yilda to’xtagan.
Tibetliklar Xitoydan faqatgina kengroq muxtoriyat so’rayapmiz, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG