Amerikada to'fonlar bu yil 500 dan oshiq odamni o'ldirdi

  • Amerika Ovozi

Amerikada to'fonlar bu yil 500 dan oshiq odamni o'ldirdi

Amerikada to'fonlar bu yil 500 dan oshiq odamni o'ldirdi

Qo’shma Shtatlarni har yili taxminan 1300 to’fon uradi. Soatiga 300-400 kilometr tezlikda esuvchi shamol va yomg’irlar bir necha daqiqa ichida shaharlarni xarobaga aylantirish kuchiga ega.

Meteorologlarning aytishicha, bu yilgi tabiiy ofatlar oxirgi 50 yilda eng halokatlisi. Birgina Missuri shtatida yuzlab odam nobud bo’ldi. Dovul bir necha milliard dollarlik ziyon keltirdi.

Amerikada to'fonlar bu yil 500 dan oshiq odamni o'ldirdi

Amerikada to'fonlar bu yil 500 dan oshiq odamni o'ldirdi

Bahaybat tornado Missuri shtatining 50 ming aholi yashovchi Joplin shahrida 10 kilometr maydonni qamrab olib, minglab uy va binolarni yer bilan yakson qildi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari hamon davom etyapti, lekin shamol-yomg’irlar sabab sekin kechmoqda, deydi Missuri gubernatori Jey Nikson.

“Sharoit og’ir, odamlarni qutqarish va boshpana bilan ta’minlashga bor kuchimizni sarflayapmiz. Ishga to’g’anoq bo’layotgan ob-havo, momaqaldiroq va chaqmoq”, - deydi gubernator.

Prezident Obama to'fondan jabr ko'rganlar bilan

Prezident Obama to'fondan jabr ko'rganlar bilan

Tornadolar AQShda yil boshidan beri 500 dan ziyod odamning yostig’ini quritgan. So’nggi 50 yilda ikkinchi eng yuqori ko’rsatkich bu. Qayta qurish ishlari ham qimmatga tushishi aniq.

Ofat keltirgan zararni-ku hisoblaymiz, deydi sug’urta bo’yicha eskpert Maykl Berri. Turmushi izdan chiqqan, yaqinlaridan ayrilgan odamlarga qanday yordam berasiz?

Maykl Berrining aytishicha, shahar urushdan keyingi manzarani eslatadi. Ayrimlar ko’chib ketish haqida o’ylanmoqda.

Sug’urta kompaniyalariga ko’ra, dovullar aprel oyining o’zida 6 milliard dollar ziyon keltirgan. O’tgan yili bu raqam jami 9,5 milliard dollar edi.

Yevropa bo’ylab bir haftalik safaridan qaytgan prezident Barak Obama Missuriga borib, ofat zonasini ko’zdan kechirdi, bor-butidan ayrilgan odamlar bilan ko’rishdi. “Federal hukumat sizga ko’maklashadi, zararni qoplash uchun byudjetdan mablag’ ajratamiz”, - deydi prezident.

Prezident Obama Missuri shtatini kezib, katta yordam va'da qildi

Prezident Obama Missuri shtatini kezib, katta yordam va'da qildi

“Har bir xonadon, har bir mahalla tiklanmaguncha, bizneslar qaya oyoqqa turmaguncha yoningizda bo’lamiz. Davlat rahbari sifatida sizga va’da beraman”, -deydi Obama.

To’fon Joplin shahrining uchdan bir qismini xonavayron qilgan bo’lsada, sug’urtachi Maykl Berri fikricha, hukumat ko’magi bilan hududni qayta tiklash mumkin. O’tmishdagi tabiiy ofatlar bunga misol.

Missuri shtati, Joplin shahri - eng ko'p zarar ko'rgan joylardan biri

Missuri shtati, Joplin shahri - eng ko'p zarar ko'rgan joylardan biri

“Bundan 3-4 oldin Kanzas shtatini urgan tornadoni bir eslang. Grinsburg shahri xaritadan o’chgan edi hisob. Bunday ko’rguliklarga tayyor turish mumkin emas. Lekin bugunga kelib, shahar yangidan qad ko’tardi. Odamlarga umid beradi bu”, - deydi mutaxassis.

Ona tabiat Amerika janubidagi qator boshqa shtatlarga ham ko’p zarar keltirdi. Ayrim joylar qayta-qayta to’fonga uchradi. Talofatlar oshib bormoqda.

To’fonlar mavsumi esa endigina boshlanmoqda – 1 iyundan kuzgacha.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG