Uyushgan xalqaro jinoiy tizimlarga qarshi choralar kuchaytiriladi


AQSh rasmiylarining aytishicha, uyushgan jinoyatchi guruhlar global tahdidga aylangan

AQSh rasmiylarining aytishicha, uyushgan jinoyatchi guruhlar global tahdidga aylangan

Obama ma’muriyati xalqaro uyushgan jinoiy tizimlarga qarshi kurashning yangi rejasini e’lon qildi. Bu strategiya AQSh Razvedka Idorasi va Federal Qidiruv Byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.

Unga ko’ra, Meksika, Yaponiya, Italiya va Sharqiy Yevropa, xususan sobiq Sovet Ittifoqidagi jinoiy guruhlarga nisbatan sanksiyalar kiritiladi. Ularning AQShdagi bank hisoblari muzlatib qo’yiladi. Amerika kompaniyalari va fuqarolariga bu to'dalar bilan ish olib borish man etiladi.

56 banddan iborat bu qarordan maqsad - AQSh, qolaversa butun dunyo xalqaro moliyaviy tizimini jinoyatchilardan himoya qilish hamda ularning faoliyatiga chek qo’yishdir.

Prezident Barak Obama AQSh Kongressiga yo’llagan maktubida uyushgan jinoyatchilik mahalliy yoki mintaqaviy muammo emas, balki xalqaro tahdid ekanini eslatadi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG