Jek Lu - AQSh moliya vaziri lavozimiga nomzod

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama nazarida Jek Lu Vashingtondagi eng qobil shaxslardan biri

Prezident Obama nazarida Jek Lu Vashingtondagi eng qobil shaxslardan biri

Prezident Barak Obama moliya vazirini yangilamoqda. O'tgan to'rt yildan beri bu lavozimda ishlagan Timoti Gaytner shu oy oxirida faoliyatini tugatadi. Uning o'rniga Obama Jek Lu, ayni damda Oq Uy boshqaruvchisi bo'lgan arbobni ko'rsatdi.

Jek Lu bu vazifada prezidentning har bir qarori ortida muhim rol o'ynaydi.

Nomzod Senat tasdig'idan o'tishi kerak. 57 yoshli Jek Lu xususiy va davlat sektorida uzoq yillik tajribaga ega.

Bill Klinton prezidentligi davrida davlat byudjeti uchun mas'ul bo'lgan. Obama qo'lida ham shu kursida o'tirgan. Kongressda byudjet masalalari bilan shug'ullanadigan idora rahbari bo'lgan. Kuchli muzokarachi deya tanilgan.

Obama prezidentlikka kelganida uni avvalo Davlat departamentida xalqaro iqtisodiy masalalar bo'yicha bosh rasmiy etib tayinlagan. Keyinchalik esa uni o'z yoniga, Oq uyga, chaqirib olgan.

Davlat qarzi 16 trillion dollardan oshib turgan bir paytda Amerikaga uddaburo, hamma bilan kelishib ishlay oladigan, bosiq va g'ayratli moliya vaziri kerak.

"Jek Lu bu ishni eplay olishiga ishonchim komil", - deydi prezident.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG