Yurtini kezib, yovvoyi tabiat uchun kurashayotgan amerikalik

  • Amerika Ovozi

Jon Deyvis ismli bu tabiatparvar fikricha hayvonot olami borliqning bir qismi va jonivorlar hayoti uchun qayg’urish - insoniy burch

Jon Deyvis ismli bu tabiatparvar fikricha hayvonot olami borliqning bir qismi va jonivorlar hayoti uchun qayg’urish - insoniy burch

Jon Deyvis ismli amerikalik ona tabiat va hayvonot olamini asrash yo’lida piyoda, velosiped va qayiqda yurib, yurtdoshlari orasida targ’ubot ishlari olib bormoqda.

AQShning Florida shtatidan Kanadaning Kvebek shahrigacha bo’lgan 7000 kilometrlik masofani u 10 oy ichida bosib o’tmoqchi.

Shimoliy Amerika qit’asining bu qismi yovvoyi hayvonlar bemalol yashay oladigan hudud bo’lishi kerak, deydi u.

Vashingtonda Jon Deyvis vaqtni boy bermay, shahardagi hayvonot bog’i direktori Dennis Kelli bilan uchrashdi.

Yurtini kezib, yovvoyi tabiat uchun kurashayotgan amerikalik

Yurtini kezib, yovvoyi tabiat uchun kurashayotgan amerikalik

“Men Qo’shma Shtatlar sharqida hali o’rganilmagan joylarni ko’rmoqchiman. Masalan, yovvoyi hayvonlarga bo’lgan tahdid darajasini o’rganmoqchiman. Bir joyni boshqasi bilan bog’lovchi yo’llarni topib, hammani Shimoliy Amerika hayvonot olami kelajagi haqida o’ylashga undamoqchiman”, - deydi u.

Hayvonot bo’gida sayr qilgan Deyvis qafasdagi jonivorlarni ko’rib, ularni asrash naqadar muhimligiga yana bir bor amin bo’ldi.

“Qo’shma Shtatlar sharqi yovvoyi hayvonlarga boy. Ayiq turlari ayniqsa ko’p. Shimoliy Karolina shtatida qizil bo’rilar, Floridada esa sirtlon uchraydi. Sharqiy o’rmonlarimizda sayroqi qushlar bor. Dunyoning barcha boshqa qismlarida uchraydigan ilon, kaltakesak va toshbaqalar ham talaygina”.

Yurtini kezib, yovvoyi tabiat uchun kurashayotgan amerikalik

Yurtini kezib, yovvoyi tabiat uchun kurashayotgan amerikalik

Deyvis daryolarni kesib o’tdi, tog’lar oshdi, o’rmonlarni kezdi. Yetuk olimlar va dehqonlarning suhbatini oldi. Shaharlar kengaygani natijasida yovvoyi hayvonlarning istiqomat doirasi torayganini ko’rdi. Bu esa yirtqichlar hayotini tahdid ostiga qo’ymoqda. Katta ko’cha va magistrallarda ko’plab hayvonlar nobud bo’layotganining guvohi bo’ldi.

“Mashinani sekinroq haydashimiz va hayvonlarga yo’lni kesib o’tish imkonini berishimiz kerak, ayniqsa tunda. Shuningdek, yo’llar usti va tagidan hayvonlar o’tishi uchun maxsus yo’laklar qurishimiz kerak”.

Deyvis fikricha, hukumat hayvonlar yashashi uchun qulay sharoit yaratayotgan yer sohiblari va dehqonlarni qo’llab-quvvatlashi lozim.

Velosipedini mingan Jon Deyvisga “Island Press” ekologik tashkiloti vakillari ham qo’shildi va Vashington atrofini birgalikda aylanishdi.

Tashkilot xodimi Kortni Liks hayvonlar uchun yangi qo’riqxona barpo etish g’oyasi haqida siyosatchilar bilan gaplashib keladi. Lekin bir kishi ham dunyoni o’zgartira oladi, deydi u, Deyvisga qarab.

“Barchamiz o’zimizni qiziqtiradigan muammoni aniqlab, uning yechimi uchun kurashishimiz kerak. Agar Jon Deyvis kabi bir muammo iziga tushib, e’tiborni jalb qila olsak, u hal etilishiga ishonaman”,- deydi u.

Jon Deyvis o’z safarini davom ettirmoqda. Noyabr oyida u Kanadaning Kvebek yaqinidagi Gasp yarimoroliga yetib boradi va bu bilan olimning 7000 kilometrlik safari yakun topadi.

Tabiatshunos fikricha hayvonot olami borliqning bir qismi va jonivorlar hayoti uchun qayg’urish - insoniy burch.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG