AQSh diplomatini izza qilgan maxfiy audio Rossiyaning ishi?

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi muovini Viktoriya Nuland

AQSh Davlat kotibi muovini Viktoriya Nuland

AQSh diplomatlarining Ukraina borasida qilgan telefon muloqoti maxfiy tarzda yozib olinib internetga qo’yilgach, Vashington bu ish ortida Rossiya turganiga ishora qilmoqda.

YouTube ga joylashtirilgan to’rt minutli audioda Davlat kotibi muovini Viktoriya Nuland hamda AQShning Ukrainadagi elchisi Jeffri Payet Kiyevdagi voqealar haqida fikr almashadi.

Nuland Yevropa Ittifoqining pozitsiyasi hech qanday ahamiyatga ega emas degan qabilda so'kinib gapiradi. Diplomat buning uchun ittifoqchi davlatlardan uzr so’ragan.

6-fevral kuni Kiyevda prezident Viktor Yanukovich bilan uchrashgan Viktoriya Nuland bu borada izoh berishdan bosh tortdi.

“Suhbatni yozib olganlar ishini bilarkan. Audio sifati a’lo darajada”, - deyish bilan cheklandi u.

Davlat departamenti so’zlovchisi Jen Psaki so’zlariga ko’ra, pinhona yozib olingan telefon muloqotni Rossiya rasmiylari targ’ib qilayotgani, ommaviy veb sahifalarda unga e’tibor qaratayotgani shubhali.

Rossiya bosh vaziri muovini yordamchisi Dmitriy Loskutov Kreml bu ishga aloqador emas deydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG