AQSh qonunchilari: BMT isloh qilinmas ekan, pul ham bermaymiz


AQShning BMT byudjetidagi ulushi 22 foizga teng. Bu davlat xalqaro tinchlikparvar missiyalar uchun undanda ko’p pul ajratadi.

AQShning BMT byudjetidagi ulushi 22 foizga teng. Bu davlat xalqaro tinchlikparvar missiyalar uchun undanda ko’p pul ajratadi.

AQSh Kongressida ayrim qonunchilar Birlashgan Millatlar Tashkilotiga har yili ajratiladigan mablag’ni kesishni talab qilmoqda. Sabab – xalqaro tashkilot byurokratiyaga botgan va islohotga muhtoj.

BMTning yillik byudjeti 2 milliard dollar bo’lsa, shuning qariyb chorak qismini Amerika to’laydi.

Vakillar Palatasining Tashqi Aloqalar qo’mitasi rahbari, respublikachi Ileana Ros-Leytinen nazarida BMTga ajratilagidan mablag’ni islohotga bog’lash vaqti yetgan. Majburiy to’lovlarni bekor qilish to’g’risidagi qonun loyihasi uning tashabbusi.

Ileana Ros-Leytinen

Ileana Ros-Leytinen

“Amerika bundan buyon faqatgina o’z manfaatlariga javob beradigan, o’ziga kerakli programmalarga pul ajratadi. Boshqa davlatlar nimani muhim deb bilsa, o’shanga o’zlari to’lashsin”, - deydi kongressmen ayol.

Ileana Ros-Leytinen fikriga ko’ra, BMTda keng tarqalgan korrupsiya va isrofgarchilikka chek qo’yishning yagona yo’li shu.

Ayni damda AQShning BMT byudjetidagi ulushi 22 foizga teng. Bu davlat xalqaro tinchlikparvar missiyalar uchun undanda ko’p pul ajratadi.

Vakillar Palatasining Tashqi Aloqalar qo’mitasi majlisida Amerikaning BMTdagi elchisi Syuzan Rays so’zga chiqdi. Uning aytishicha, bunday tashabbuslar 1990-yillarda ham sinab ko’rilgan, ammo natija bermagan.

Syuzan Rays

Syuzan Rays

“BMT oldida qarzdorlik, Amerika moliyaviy majburiyatini bajarishdan bosh tortishi uning xalqaro maydondagi obro’si va ta’sir kuchiga putur yetkazadi. Biz muhim deb bilgan dastur va tashabbuslar ziyon ko’rishi shubhasiz”, - deydi elchi Syuzan Rays.

AQShning xalqaro tashkilotga qarzi 1.3 milliard dollarga yetgan. Kongress buning bir qismini to’lashga rozi, faqat islohot sharti bilan.

Vakillar Palatasi yig’ilishida 2008-2009 yilgi Isroil-Xamas urushi va bu borada o’tkazilgan tekshiruv haqida so’z bordi. BMT Inson Huquqlari kengashi o’shanda Isroilni urush jinoyatlarida ayblagan edi. Tekshiruvga boshchilik qilgan Janubiy afrikalik sudya Richard Goldstoun o’tgan hafta mazkur ayblov asossiz ekanini tan olgan.

“Qo’shma Shtatlar bu xulosa xato ekani va Isroilga adolatsiz tanqidlar yog’ilayotganini boshidan aytgan edi”, - deydi elchi Syuzan Rays. “Obama ma’muriyati BMTdan Goldstoun hisobotini butkul bekor qilishni so’ramoqda”.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti so’nggi payt xalqaro mojarolarni hal qilishda faolroq ishtirok etayotgani ko’zga tashlanadi.

Liviya va Kot-D’Ivuar bo’yicha qabul qilingan qarorlar bunga misol. Biz buni olqishlaymiz, deydi Amerika elchisi, chunki yuzlab insonlar hayoti saqlab qolindi.

XS
SM
MD
LG