AQSh va BMT Isroilning so'nggi qaroridan norozi

  • Amerika Ovozi

Xalqaro hamjamiyat Falastin mustaqil davlati vujudga kelishi tarafdori va bu xalq Sharqiy Quddusni bo’lajak poytaxti sifatida ko’radi.

Xalqaro hamjamiyat Falastin mustaqil davlati vujudga kelishi tarafdori va bu xalq Sharqiy Quddusni bo’lajak poytaxti sifatida ko’radi.

Qo’shma Shtatlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil Quddusning sharqiy qismlarida yahudiy aholi uchun 1300 xonadon qurishga qaror qilganini salbiy qadam deya baholamoqda.

Prezident Barak Obama agar tomonlar sidqidildan harakat qilsa, kelasi yilga borib, tinchlik bitimi imzolanishi mumkin deydi.

Xalqaro hamjamiyat Falastin mustaqil davlati vujudga kelishi tarafdori va bu xalq Sharqiy Quddusni bo’lajak poytaxti sifatida ko’radi.

AQSh va BMT Isroilning so'nggi qaroridan norozi

AQSh va BMT Isroilning so'nggi qaroridan norozi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni murosa yo’liga to’siq qo’ymay Falastin rahbariyati bilan konstruktiv muzokara olib borishga chaqirmoqda.

Pan Gi Mun nazarida Isroil qarori Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilash emas, izdan chiqarish uchun xizmat qiladi. Amerika hukumati ham shu fikrda.

“Biz Isroilning Sharqiy Quddusda yangi uy-joy barpo etish haqidagi e’lonidan qattiq tashvishdamiz”, - deydi Davlat departamenti so’zlovchisi Filip Krouli.

“Isroil va Falastinni kelishuvga chorlayapmiz, holbuki, bu qaror ularni bir-biridan yanada uzoqlashtirishi mumkin. Murosaga erishish uchun oradagi ishonchni tiklash kerak. Isroil qarori barcha harakatlarimizga zarba”,- deydi AQSh rasmiysi.

AQSh va BMT Isroilning so'nggi qaroridan norozi

AQSh va BMT Isroilning so'nggi qaroridan norozi

Falastin rahbariyati yahudiy davlatini o’zboshimchalik va bosqinchilikda ayblaydi.

Ayni damda Isroil bosh vaziri Amerikada safarda. Payshanba kuni masala Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan Nyu-Yorkda muhokama qilinadi.

Vashingtonda hukmron fikr shuki, Isroil hukumatida kimdir bu qarorni bosh vazir aynan AQShda bo’lib turgan paytida e’lon qilib, Benyamin Netanyaxuni uyaltirmoqchi bo’lgan.

Maqsad balki tinchlik muzokaralarini yanada kechiktirish, qoldirishdir deya mulohaza yuritadi Davlat departamenti so’zlovchisi Filip Krouli.

Amerika hukumati bu bilan Isroildagi ultra-konservativ kuchlarga ishora qilmoqda. Bu siyosiy guruhlar Quddusni butkul Isroil yeri deb hisoblaydi.

Falastin Isroildan Quddusning sharqiy qismida har qanday qurilishga barham berishni talab qilib kelmoqda. Bu shart bajarilmas ekan, muzokara qilinmaydi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bu hafta nafaqat Isroil bosh vaziri, balki Falastin rahbariyati bilan ham alohida muloqot qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG