Ishsizlik va biznes: Amerika tadbirkorlari nima deydi?

  • Amerika Ovozi

Amerikada Ish izlab yurganlar kamida 14 million...

Amerikada Ish izlab yurganlar kamida 14 million...

AQSh qonunchilari chetdan qarz olish va xarajatni kamaytirish xususida munozara qilar ekan, mamlakatda ishsizlik 9,2 foiz atrofida.

Merilend shtatining Krofton shahrida biznes yurituvchi Kristina Uriya vaziyat yaxshilanishiga umidini yo'qotgani yo'q. Joriy yilda daromad 15 foizga oshgan.

"Tanazzuldan chiqib olsak, undanam zo'r bo'ladi", - deydi Uriya.

Krizis 2008-yilda boshlanganida Uriyaga tegishli kompaniyaning daromadi 60 foizga tushdi. Ko'pchilik tadbirkorlar singari u ham keskin choralar ko'rishga majbur bo'ldi.

"To'rt kishini ishdan bo'shatishga to'g'ri keldi. Tanazzul davrida, afsuski, kompaniyalar mehrsiz bo'lishdan boshqa iloji yo'q. Har qanday ortiqcha sarfiyatni kamaytirishga majbur bo'ldik", - deydi tadbirkor ayol.

Amerikada ish izlab yurganlar kamida 14 milion...

Amerikada ish izlab yurganlar kamida 14 milion...

Uriya 25 yildan beri uylar dizayni bilan shug'ullanadi. Tanazzuldan so'ng shunaqa paytlar bo'lganki, oylab mijozlar do'konidan xatlamagan. Men bilan oldin ham ish qilgan, meni yaxshi bilgan mijozlar tufayli yopilmadik, deydi u. Uriyaning aytishicha, bu yil bir oz daromadli kelgani bilan yangi ishchilarni yollashga hali bor.

"Hukumat siyosatiga qarab ish ko'ramiz", - deydi u.

AQSh qarzi qonun tomonidan ruxsat berilgan eng yuqori nuqtaga yetib, 14 trillion dollardan oshdi. Kongress ko'proq qarz olishga ruxsat bermasa, mamlakat defoltga uchrashi muqarrar.

Vakillar Palatasi spikeri, respublikachi Jon Beyner "ish beruvchilarga soliqlarni oshirishga qaratilgan qonunni qabul qila olmaymiz" desa, prezident Obama "masalaning cho'zilishiga qarshiman. Ahvol o'ta yomonlashmasidan oldin uni hoziroq hal qilish kerak" deydi.

Mutaxassislar nazarida bizneslar iqtisodiy vaziyat haqida to'liq tasavvurga ega bo'lmas ekan, yangi ish o'rinlarini yaratishga ham shoshmaydi.

"Prezident Obama soliqlarni ko'tarish kerak deb aytib keladi", - deydi Jorj Vashington universiteti professori Ayman al Tarobishiy. "Tadbirkorlar buning zarurligini yaxshi tushunadi, ammo oqibati qanday bo'lishini tasavvur qila olishmaydi. Ahvol yaxshilanmaguncha, kelajak oydinlashmaguncha, ishsizlikka barham berilishini kutish kerak ema".

Kristina Uriyaning aytishicha, inqirozning ikki yilidan olingan saboq shu bo'ldiki, kamroq xizmatchi bilan ham ishni uddalasa bo'ladi.

"Ozrog'iga ham shukur qilib yashasa bo'ladi. Iqtisodiyot oyoqqa tursin, keyin ko'proq odam yollasak bo'ladi", - deydi tadbirkor ayol.

Biroq shunda ham, deydi Kristina Uriya, yangi xizmatchilar yarim stavkaga olinadi xolos. Muhimi, ishonch bo'lishi kerak. Iqtisodiyotning jonlanayotganiga, xaridorning pul sarflashiga va nihoyat, Vashingtondagi siyosatchilarning to'g'ri qaror qabul qila olishiga ishonch bo'lishi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG