Breaking News

AQShda yana bir o'zbekistonlik IShIDga aloqadorlik aybi bilan hibsda


"Islomiy davlat"ga aloqadorlikda ayblangan o‘zbeklarning suddagi surati: Ahror Sayidaxmetov (chapda) va Abdurasul Jo‘raboev (o'ngda), Nyu-York, 2015-yil, 25-fevral.
"Islomiy davlat"ga aloqadorlikda ayblangan o‘zbeklarning suddagi surati: Ahror Sayidaxmetov (chapda) va Abdurasul Jo‘raboev (o'ngda), Nyu-York, 2015-yil, 25-fevral.

Nyu-Yorkda 28 yoshli o'zbekistonlik Azizjon Rahmatov "Islomiy davlat" terrorchi guruhiga yordam berishga harakat qilish aybi bilan hibsga olindi. 2015-yilda besh nafar o'zbek, jumladan to'rt o'zbekistonlik va bir qozog'istonlik ham shu kabi gumon bilan qamoqqa olingan edi.

AQSh Adliya vazirligiga ko‘ra, Rahmatov “Islomiy davlat”ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslarga Suriyaga borishlari uchun moddiy yordam berishga harakat qilgan.

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida yashagan o‘zbekistonlik Abdurasul Jo‘raboyev va qozog‘istonlik Ahror Sayidaxmetov “Islomiy davlat” safiga qo‘shilish uchun Suriyaga ketishga harakat qilganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi. Tergov jarayonida Azizjon Rahmatovning nomi ham tilga olingan. Agar aybdor deb topilsa, Rahmatov 50 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Rahmatov va undan oldin ushlangan Abror Habibov, Dilhayot Qosimov va Akmal Zokirov Sayidaxmetovga Suriyaga ketishi uchun ko‘maklashgan, deydi tergovchilar. Rahmatov shu maqsadda boshqalardan pul yig'ishga rozi bo'lgan, deyiladi ayblovda.

Hibsga olinganida 19 yoshda bo'lgan Sayidaxmetov 2015-yilning fevralida Nyu-Yorkning Jon Kennedi xalqaro aeroportidan Istanbulga uchib ketish arafasida bo'lgan. Hujjatlarda bayon qilinishicha, Saydaxmetov Turkiya orqali Suriyaga o‘tishni maqsad qilgan.

Jo‘raboyev ayblovni tan olishicha, Turkiyaga 2015-yilning mart oyida uchmoqchi bo'lgan va u yerdan Suriyaga o‘tib, jihodchilar safiga qo‘shilishni niyat qilgan.

Hali bu shaxslarning birortasi ustidan mahkama jarayoni boshlanmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG