AQSh hukumati komissiyasi O'zbekistonni diniy va siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirmoqda


AQSh hukumati komissiyasi O'zbekistonni diniy va siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirmoqda

AQSh hukumati komissiyasi O'zbekistonni diniy va siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirmoqda

AQSh hukumatining diniy erkinliklar bo'yicha komissiyasi shoir Yusuf Jumaning O'zbekiston qamog'idan ozod etilganini olqishlar ekan, mamlakatda yana minglab odamlar e'tiqodi va siyosiy qarashlari uchun panjara ortida ekanini eslatmoqda.

"Qo'shma Shtatlar prezident Islom Karimovdan ularni ozodlikka chiqarishni va diniy erkinlikka doir ahvolni yaxshilashni talab qilishi kerak", - deyiladi bayonotda.

Yusuf Juma davlat xizmatchisiga qarshilik ko'rsatish va militsiya xodimlariga tan jarohati yetkazish aybi bilan 2008-yilda O'zbekistonda besh yilga qamalgan edi.

AQSh hukumati vositachiligida ozod etilgan shoir bu mamlakatda yashab kelayotgan oilasiga qo'shildi. Qo'liga ikki haftagacha amal qiladigan pasport berilib, undan O'zbekiston fuqaroligidan voz kechishi haqida tilxat olindi.

Yusuf Juma davlat xizmatchisiga qarshilik ko'rsatish va militsiya xodimlariga tan jarohati yetkazish aybi bilan 2008-yilda O'zbekistonda besh yilga qamalgan edi. AQSh hukumati vositachiligida ozod etilgan shoir siyosiy boshpana olib Amerikaning Luisvill shahrida yashab kelayotgan oilasiga o'tgan hafta qo'shildi. Qo'liga ikki haftagacha amal qiladigan pasport berilib, undan O'zbekiston fuqaroligidan voz kechishi haqida tilxat olindi.

Diniy erkinliklar bo'yicha AQSh xalqaro komissiyasi har yili dunyoda diniy erkinlikka doir hisobot chiqaradi. 2006-yilda O'zbekiston "alohida tashvishga molik davlat" deya belgilangan edi, ammo Davlat departamenti 2009-yilda O'zbekistonni bu ro'yxatdan olib tashlagan.

Kuzatuvchilar buni respublikaning Afg'onistondagi AQSh qo'shinlari uchun yuk o'tadigan Shimoliy ta'minot tizimidagi roli bilan bog'laydi. Komissiya Davlat departamentidan O'zbekistonni "alohida tashvishga molik davlat" maqomida tiklashni so'rab keladi.

AQSh qonuniga ko'ra, bunday davlatlarga nisbatan sanksiya qo'llanadi.

XS
SM
MD
LG