Breaking News

O'zbekiston fuqarosi Amerikada inson savdosida ayblanib, sudga tortilmoqda


Abrorxo'ja Asqarxo'jayevga 14 shtatni qamrovchi katta jinoiy tizimni yuritganlik hamda 100 ga yaqin moddalar bo’yicha ayblovlar qo’yilmoqda
Abrorxo'ja Asqarxo'jayevga 14 shtatni qamrovchi katta jinoiy tizimni yuritganlik hamda 100 ga yaqin moddalar bo’yicha ayblovlar qo’yilmoqda

Amerikaning Missuri shtati Kanzas shahrida 31 yoshli o’zbekistonlik Abrorxo’ja Asqarxo’jayev odam savdosida ayblanib, federal sudga tortilmoqda.

Unga 14 shtatni qamrovchi katta jinoiy tizimni yuritganlik va 100 ga yaqin moddalar bo’yicha ayblovlar qo’yilmoqda.

Rasmiylarning bildirishicha, Abrorxo’ja Asqarxo’jayev ularni o’z bo’yniga olgan va 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. U boshida turgan guruh, deydi tergovchilar, 6 million dollarga yaqin daromad qilgani ma’lum.

20 oktabrda boshlagan jarayonda u sudya oldida hushini yo’qotgan. Avvaliga Abrorxo’ja Asqarxo’jayev o’zini begunoh deb turgan, lekin sud ha’yati tanlanib bo’lingach, prokuror bilan kelishishga rozi bo’lgan. Aybiga iqror bo’lgani uchun jazo muddati qisqartiriladi.

Uning advokati Villi Eppsning aytishicha, Abrorxo’ja Asqarxo’jayev qilgan ishlaridan afsusda va ko’plab insonlarning hayotini buzgani, aldab pulini olgani, ularni majburiy mehnatga jalb qilganidan iztirobda.

U qatorda yana 11 kishiga ayblar qo’yilmoqda. Ayrimlari ularni bo’yniga olgan, ba’zilari esa AQShni tark etishga ulgurgan.

Abrorxo’ja Asqarxo’jayev egalik qilgan “Giant Labor” degan firma chet elliklarga Amerikadan ish topib berishni va’da qilib, millionlab dollarlar undirgan.

Bu insonlar AQShga kelgach, firma tomonidan qo’rqitilgan va og’ir ishlarni qilishga majburlangan. Vositachi firma “bizdan qarzdorsan” deb bu muhojirlarga maosh to’lamagan. Butun jarayon soxta bo’lgan, deydi tergovchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG