Breaking News

AQSh Davlat kotibi muovini O'zbekistonda

24-29 oktabr kunlari AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha muovini Tomas Shannon Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonda bo'ldi.

24-oktabr kuni Ostonada Shannon Qozog'iston rahbariyati, shuningdek, Amerika bilan rishtalarni tebratuvchi tashkilotlar bilan uchrashdi. Diplomatni mintaqaga olib borgan sabablardan biri - Qozog'iston Tabiat muzeyida o'tayotgan xalqaro ko'rgazma. Nursulton Nazarboyev boshliq hukumat bu tadbirga anchadan beri tayyorlanib, unda mamlakatning tabiiy boyliklari va iqtisodiy-madaniy qudratini ko'z-ko'z qilmoqda.

26-27 oktabr kunlari Shannon Bishkekda bo'ldi. Rasmiylar va talabalar bilan muloqot qildi hamda parlament a'zolari, nohukumat tashkilotlarning vakillari, faollar va yoshlar bilan gaplashdi.

So'ngra Shannon O'zbekistonga yo'l oldi. Toshkent va Samarqandda rasmiy muzokaralar, madaniy sayohat va tadbirlar o'tdi. Diplomat O'zbekistonning yaqinda vafot etgan rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Shannon respublika Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokara olib bordi. Unga AQShning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati Daniel Rozenblum hamda Toshkentdagi elchi Pamela Spratlent hamrohlik qildi.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG