O'zbekistondan Amerikada 491 talaba bor

  • Amerika Ovozi

AQShning O'zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Davlat kotibi Jon Kerri, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Erlan Idrissov bilan, Samarqand, 1-noyabr, 2015

AQShning O'zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Davlat kotibi Jon Kerri, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Erlan Idrissov bilan, Samarqand, 1-noyabr, 2015

AQShning O'zbekistondagi elchisi Pamela Spratlenning tasdiqlashicha, Amerikada hozir 491 o'zbekistonlik talaba bor. Ularning deyarli yarmi bakalavrlik darajasi uchun bilim olmoqda.

2014-2015 yillarda O'zbekistondan AQSh oliygohlariga kirganlar soni 17 foizga oshdi, deydi diplomat.

Amerikadagi talabalar soni bo'yicha respublika Qozog'istondan keyingi ikkinchi o'rinda. Qozog'istonlik studentlar 2500 ga yaqin. Ular orasida hukumat ko'magida o'qiyotganlar ko'p - "Bolashak" dasturi orqali.

O'zbekistonda bir paytlar shunga o'xshash "Umid" programmasi bor edi. Lekin u 2000-yillar boshida bekor qilingan.

Hozirda Amerikada o'qimoqchi bo'lsangiz mustaqil kelishga majbursiz, chunki bu borada ko'maklashadigan xorijiy tashkilotlar O'zbekistondan hukumat bosimi ostida chiqib ketgan.

AQSh universitetlariga qanday qilib kirsam ekan deb yurgan bo'lsangiz, elchixonaga murojaat qiling. U yerda ta'lim bo'yicha maslahat beradigan markaz bor: http://uzbekistan.usembassy.gov/advising.html

Almashinuv dasturlari o'tgan 10 yil ichida ancha qisqargan. Hozirda faqat qisqa muddatga kelib bilim olish yoki malaka oshirish mumkin. Buning uchun vaqti-vaqti bilan tanlovlar e'lon qilinadi. Bu borada ham ma'lumotni elchixonadan olasiz.

Ingliz tilini yaxshi bilsangiz, zarur testlardan o'tib, yetarlicha baho olgan bo'lsangiz, Amerika universitetlariga o'zingiz internet orqali hujjat topshirsangiz bo'ladi.

Ta'limni qoplash uchun grantlarga ham murojaat qilish mumkin. Raqobat kuchli, biroq harakat qilishga arziydi. Muhimi, til bilishingiz kerak, chunki izlanadigan va sinovlardan o'tadigan bu o'zingiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG