AQSh O'zbekiston-Tojikiston chegarasidagi yangi postga homiylik qildi

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston-Tojikiston chegarasidagi yangi post AQSh homiyligida barpo etildi

O'zbekiston-Tojikiston chegarasidagi yangi post AQSh homiyligida barpo etildi

AQSh Markaziy qo'mondonligi Tojikiston-O'zbekiston chegarasidagi yangi post ochilishida yordam ko'rsatgan. AQShning Toshkentdagi elchixonasi bu xabarni tasdiqlamoqda. Post Surxondaryo viloyatida joylashgan.

Yaqinda o'tgan ochilish marosimida AQShning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Lessli Vigeri va O‘zbekiston chegarachilari qo‘mondoni, general-mayor Rustam Eminjanov qatnashgan.

Yangi post zamonaviy uslubda qurilgan, ilg'or texnologiya bilan jihozlangan. Bunyodkorlik ishlarini mahalliy kompaniya olib borgan. Homiy - Amerika.

Elchixonaning qayd etishicha, bu muvaffaqiyatli loyiha. Chegaradan noqonuniy o‘tish va milliy chegaralar osha kontrabandaga qarshi kurashda muhim rol o'ynaydi va O'zbekiston va Tojikiston manfaatlari yo'lida birdek xizmat qiladi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Post ochilishida AQSh elchisi o'rinbosari Lessli Vigeri qatnashdi

Post ochilishida AQSh elchisi o'rinbosari Lessli Vigeri qatnashdi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG