Breaking News

AQSh Janubi-sharqiy Osiyoga harbiy yordamni oshirmoqda


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Vyetnam Bosh vaziri Nguyen Tan Dung bilan, Xanoy, 16-dekabr, 2013-yil.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Vyetnam Bosh vaziri Nguyen Tan Dung bilan, Xanoy, 16-dekabr, 2013-yil.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri shu hafta Vyetnam va Filippinda. Bu safar Vashingtonning Osiyoga e’tiborni oshayotgan bir davrda amalga oshmoqda.
Kerrining Janubi-sharqiy Osiyoga safari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:22 0:00
Yuklab oling
Xanoy va Pekin o’rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir payt. Xitoy dengiz hududlarini talashib mintaqadagi bir necha davlat bilan ziddiyatga kirishgan.
Xanoyda o’tgan matbuot anjumanida Kerri Xitoyning Sharqiy Xitoy dengizidagi Yaponiya bilan talash orollar ustidan o’rnatgan yangi havo mudofaa chegarasini tanqid ostiga oldi. Pekinning boshqa joylarda, jumladan, Janubiy Xitoy dengizida ham shunday choralarga qo’l urishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, dedi AQSh rasmiysi.

Yig’inda AQSh mintaqa davlatlariga suv chegaralarini qo’riqlashda ko’maklasish uchun qo’shimcha 32 million dollar yordam berishini e’lon qildi. Ushbu yordamning 18 millioni Vyetnamga tegishli.

Avstraliyalik tadqiqotchi Karlayl Tayer Vashingtonning bugungi pozitsiyasini shunday talqin qiladi:

“AQShning muvozanat o’rnatish siyosatida ko’proq harbiy jabhaga e’tibor qaratiladi. Bu turdagi muvozanatni qayta muvozanatga solish esa AQShning Janubi-sharqiy Osiyo bilan davomiy aloqalarga ega ekanini ko’rsatish maqsadini o’z ichiga oladi. Hamkorlik atrof-muhitni asrab-avaylash, iqlim isishiga qarshi kurash hamda o’zini qayta tiklovchi taraqqiyot loyihalarini o’z ichiga oladi”.

Kerri Vyetnamdagi Mekong daryosiga ham tashrif buyurdi. Bu yerda u Vyetnam urushi davrida Amerika qo’riqchi kemalari qo’mondoni sifatida xizmat qilgan.

Talabalar huzurida gapirgan Kerri Vyetnam o’rmonlari va deltalari muhofazasi uchun 17 million dollar ajratilganini aytib, bu dastur iqlim o’zgarishining oldini olishga qaratilgan, dedi.

Vyetnam va AQSh o’rtasida iqtisodiy hamda xavfsizlik sohalarida hamkorlik kuchayib borayotganiga qaramay, Vashington Xanoyni inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha yetarlicha chora ko’rmayotganlikda ayblaydi.

Bu sohada so’nggi yillarda ijobiy o’zgarishlar ham kuzatilgan. Xususan, Xanoy BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasini qabul qilib, maxsus tekshiruvchining kirishiga ruxsat berdi. Shunga qaramay, muxolifatga tazyiq o’tkazish hollari keng tarqalgan. Bu yil har qachongidan ham ko’proq jurnalist va bloggerlar panjara ortiga tashlangan.

Professor Tayerning aytishicha, inson huquqlari masalasi AQSh uchun qanchalar muhim bo’lmasin, iqtisodiy va xavfsizlik masalalariga ko’proq e’tibor beriladi.

“Inson huquqlari bo’yicha mavjud ijobiy o’zgarishlar har tomonlama hamkorlik soyasi ostida qolib ketdi. AQSh Vyetnamga fuqarolik huquqlarini hurmat qilishni, siyosiy erkinlikka ruxsat berishni, shunday yo’l tutgan davlatlarda siyosiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish bo’lishini aytib keladi. Shu bilan birga, Xanoy bilan harbiy va iqtisodiy jabhalarda aloqalarni kuchaytirish niyatida”, - deydi u.

Tayer fikricha, Vyetnamning AQSh bilan aloqalariga eng ko’p soya solib turgan masala bu Xalqaro traffik va qurol savdosini nazorat qilish bitimi asosida Vyetnamga tungi durbin kabi ayrim harbiy qurollarni sotib olishiga qo’yilgan taqiqdir.

Kerri Filippinda yaqinda kuzatilgan to’fondan talofat ko’rgan Takloban shahriga ham tashrf buyurishni rejalagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG