Bu yilgi Grin Karta g’oliblari diqqatiga: Ko’p quvonmang


Bu yilgi Grin Karta g’oliblari diqqatiga: Ko’p quvonmang

Bu yilgi Grin Karta g’oliblari diqqatiga: Ko’p quvonmang

AQSh hukumati “Siz 2012 yilgi “Grin Karta” (Green Card) lotereyasi g’olibisiz” deb chet davlatlarning 22 ming fuqarosiga tabrik xatlari jo’natilgani xato ekanini ma’lum qilmoqda.

Muammoga kompyuter nosozligi sabab bo’lgan.

Ushbu tanlov asosida har yili 50 ming muhojirga immigratsion vizalar beriladi. Uni qo’lga kiritgan shaxs Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqiga ega.

AQSh Davlat departamentining bildirishicha, 2012 yilgi o’yin natijalari bekor qilinib, lotereya qaytadan o’ynaladi. G’oliblar shu yilning iyul oyi o’rtalarida e’lon qilinishi kerak.

Bu yilgi Grin Karta g’oliblari diqqatiga: Ko’p quvonmang

Bu yilgi Grin Karta g’oliblari diqqatiga: Ko’p quvonmang

O’tgan yili Grin Kartani qo’lga kiritish uchun turli mamlakatlardan 15 million fuqaro ariza topshirgan bo’lsa, g’oliblar kompyuter xatosi tufayli hujjatlarini erta topshirganlar orasidan tanlab olingan.

Davlat departamenti xatolik uchun uzr so’ramoqda. Lotereya qatnashchilari avtomatik ravishda yangi o’yinga kiritiladi va natijani iyulda http://www.dvlottery.state.gov sahifasi orqali tekshirib ko'rishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG