Urush va uni yoritayotgan jurnalistlar


Urush va uni yoritayotgan jurnalistlar

Urush va uni yoritayotgan jurnalistlar

Urushlarni yoritish jurnalistdan nafaqat bilim va tajriba balki matonat ham talab qiladi. Xavf bilan yuzlashishga tayyor turishingiz kerak.

Bu yilning o’zida faqat Liviyada, masalan, jang maydonlaridan axborot uzatayotib besh muxbir halok bo’ldi. Hammasi tele va fotojurnalistlar.

Afg’onistondagi qaqshatqich janglarni aks ettirgan tasvirlar… “Restrepo” deb nomlangan hujjatli kartinada bir yillik harbiy harakatlar suratga olingan. Urushning tirik guvohidek real vaziyatni tomosha qilasiz.

Tim Xezerington usta telejurnalist va fotograf edi. Bu yil Liviyadagi urushni yoritayotib halok bo'ldi.

Tim Xezerington usta telejurnalist va fotograf edi. Bu yil Liviyadagi urushni yoritayotib halok bo'ldi.

Tasvirchi Tim Xezerington fevral oyida “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan edi.

“Maqsad odamlarni dahshatga solish emas. Ularga ma’lumot berib, o’ylantirish. Urush nima ekanini, jang maydonida kimlar yurganini yaqqol ko’rsatib berish”, - deydi u.

Suhbatdan ikki oy o’tib, Xezerington Liviyada halok bo’ldi. Uning hamkasbi Sebastian Yunger - fojia guvohi. Qo’rqinch, talvasa – tabiiy hol, deydi u, lekin u hamon jang maydonida.

“Ishim shu. Axborot inson uchun suv va havodek zarur narsa ekan, kimdir bu ishni qilishi kerak. Jurnalistman. Shu kasbni tanlaganman, demak jamiyat uchun xizmat qilib, kerak bo’lsa, hayotimni xavf ostiga qo’yishga tayyorman”, - deydi Yunger.

Urush va uni yoritayotgan jurnalistlar

Urush va uni yoritayotgan jurnalistlar

“Associated Press” axborot agentligi muxbiri Santiago Lyon urushni urush ketayotgan joydan turib yoritish kerak deydi. U yerga boradigan jurnalistlar esa odatda tabiatan jasur, yuragi bor odamlar.

“Urush ketayotgan joyga borib, asl holatni tekshirish, odamlar bilan gaplashish jurnalist matonatini oshiradi. Uinston Cherchill aytganidek, nishonga olinib o’lmay qolishning zavqi bor”.

Mana shu xavf, kuchli hissiyot, video va fotojurnalistlarga kuch-g’ayrat bag’ishlaydi.

1850 yillarda jang maydonlaridan olingan tasvirlar hali ham bor. O’shanda muxbirlar Qrimda kechgan qonli voqealarni yaqindan yorita olgan. Birinchi Jahon Urushi paytida esa video jurnalistika sinovdan o’tgan. Bugungi texnologiya bilan, imkoniyatlar cheksiz.

Urush va uni yoritayotgan jurnalistlar

Urush va uni yoritayotgan jurnalistlar

Qaniydi bu tasvirlar bilan urushlar barham topsa. Ayrim jurnalistlar fikricha buning imkoni bor. Suratlar va video – kuchli vositalar, odamni harakatga chorlaydi.

“Bir surat bilan odamlarni oyoqqa turg’azish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish, ularni o’zgarish qilishga undash mumkin. Bitta odamga ta’sir qila olsangiz ham katta gap”, - deydi Santiago Lyon.

Sebastian Yunger jang maydonini tasvirlab berish qiyin emas deydi. Qurol, olishuv va iddao… Sen o’ldirmasang, seni kimdir o’ldiradi. Insonning ruhiy olamini yoritish – eng qiyin vazifa. Ichki kechinmalar, odamlarni bir-birini o’ldirishga chorlayotgan sabablar… Mana gap qayerda.

“Bir jangchi menga aytib berganidek, “birodarlarimni o’ldirishmoqchi edi, men ularni chavaqlab tashladim”. Keyinchi? Nega o’zi qurol ko’tardik? Arzirmidi shunga? Xudo oldida qanday javob beraman? Unga ishonmasangiz ham vijdon azobida qolasiz”.

Sebastian Yunger nazarida tasvirga olish urushni yoritishning bir qismi xolos. Video va audio qatorida uni qog’ozga ham tushirish kerak. Santiago Lyon ham shu fikrda.

So’z - qudratli vosita. Tasvir va so’z bir-birini to’ldiradi, deydi bu jurnalistlar. Kamera, qalam va urush. Har yondan tahdid, lekin bu ularning kundalik yumushi.

XS
SM
MD
LG