AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

  • Amerika Ovozi

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

Shu kunlarda AQShning janubiy shtatlari bo’ylab kezayotgan kuchli dovul so'nggi hisoblarga qaraganda 350 odamni hayotdan olib ketgan.

Ob-havoni kuzatish xizmati xabariga ko’ra, chorshanba kuni janubdagi Mississipi va Alabama shtatlarini 150 bor to'fon urgan.

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

Alabamaning Tuskalusa shahri eng ko’p talofat ko’rgani ma’lum – to’fon bir necha binoni yer bilan bir qilgan, bino, mashinalar yanchilib, davlat idoralari ishi to’xtab qolgan.

Mayk Xonisatt - do’kon egasi. Tabiiy ofatdan ko’p zarar yedi.

“Tok ketib, bino, derazalar qimirlay boshladi. Shamol tomim, ko’p o’tmay rastalardagi hamma narsamni uchirib ketdi”, - deydi u.

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

To'fon, deydi u, 15-20 sekund ichida tingan. Bir necha odam bedarak ketgan.

Alabama gubernatori Robert Bentli 2 ming askarni qidiruv-qutqaruv ishlariga safarbar etgan.

“Hozircha 131 kishi o’lganini bilamiz.

Lekin har damda jasadlar topilayapti. Shatning o’zida million kishi toksiz”.

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

Uning aytishicha, Alabama soatiga 400-500 kilometr tezlikda esuvchi shamolga chidab beradi.

Alabama shimolidagi Braun Ferri yadro zavodida elektr quvvati yo’q, inshoot yopiq.

AQSh atom sanoati xodimlarining aytishicha, xavf-xatar yo’q, ehtiyot tizimi ishlamoqda.

Shtatda favqulodda holat e’lon qilingan.

“Bahorda bunday tabiiy ofatlar bo’lib turadi”, - deydi rasmiylar.

Dushanba boshlangan to’fon Jorjiya, Tennessi, Virjiniya va Arkanzas shtatlarida ham bir necha odamning hayotiga zo’min bo’lgan.

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

AQSh janubini dovul urib, 350 odam o’lgan (fotosuratlar)

Bu AQSh janubida oxirgi 40 yilda ro’y bergan eng kuchlisidir.

Prezident Barak Obama ertaga Alabamaga borib, gubernator va o’lganlarning oilalari bilan ko’rishadi.

Halokat bir necha milliard dollarlik ziyon keltirgani ma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG