AQSh Iroq kuchlarini puxta mashqdan o'tkazish yo'lini izlayapti

  • Amerika Ovozi

Osiyo bo'ylab safar qilayotgan Karterning jurnalistlarga aytishicha, Iroqda yaqinda Anbar viloyati poytaxti osonlikcha jangarilar qo'liga tushgani mamlakatda piyoda qo'shinlar yordami zarur ekanini namoyish etdi.

Osiyo bo'ylab safar qilayotgan Karterning jurnalistlarga aytishicha, Iroqda yaqinda Anbar viloyati poytaxti osonlikcha jangarilar qo'liga tushgani mamlakatda piyoda qo'shinlar yordami zarur ekanini namoyish etdi.

Pentagon rahbari Ashton Karterning aytishicha, mudofaa rasmiylari Iroqda hukumatga xayrixoh ittifoqchi kuchlarni "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashda mashqdan o'tkazish va jihozlash yo'llarini muhokama qilayapti.

Osiyo bo'ylab safar qilayotgan Karterning jurnalistlarga aytishicha, Iroqda yaqinda Anbar viloyati poytaxti osonlikcha jangarilar qo'liga tushgani mamlakatda piyoda qo'shinlar yordami zarur ekanini namoyish etdi. Qo'shma Shtatlar avgust oyidan beri mintaqada "Islomiy davlat" to'dasining manzillarini bombardimon qilayapti, biroq shu paytgacha piyoda qo'shin jo'natishdan o'zini tiyib keladi.

Pentagon boshlig'ining aytishicha, ittifoqchi kuchlarni tezroq mashqdan o'tkazib, zarur qurol-aslahani vaqtida yetkazish orqali Iroq harbiylarining o'ziga ishonchini oshirish mumkin.

Karter nazarida ayniqsa sunniy jangchilarni jalb qilish yo'li bilan kurash samaradorligini oshirsa bo'ladi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning aytishicha, Ramadida muvaffaqiyat qozonish uchun barcha mazhablar bir yoqadan bosh chiqarishi muhim.

Iroq nihoyatda elatlar va diniy guruhlarga boy mamlakat, deydi Ernest. Bu guruhlar yagona tahdidga qarshi birlashishi zarur. "Islomiy davlat"ni Iroqdan haydab, mamlakat xavfsizligini mustahkamlash uchun bu kuchlar bir-birig dalda bo'lishi kerak, deydi Oq uy so'zlovchisi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG