AQSh Yamandagi elchixona xodimlarini evakuatsiya qilmoqda

  • Amerika Ovozi

AQShning Yamandagi elchixonasiga kirishda, Sano, 6-avgust, 2013-yil

AQShning Yamandagi elchixonasiga kirishda, Sano, 6-avgust, 2013-yil

AQSh Davlat departamenti Yamanda terror xuruji ehtimoli sabab elchixonadan ayrim xodimlarni evakuatsiya qilishni buyurdi. Yamandagi Amerika fuqarolari ham tahdid haqida ogohlantirilib, ularga mamlakatni tark etish tavsiya qilindi.

Britaniya Yamandagi elchixonasidan barcha xodimlarini chaqirib olgan.

Bu o’rtada Marib viloyatida AQSh havo hujumida Al-Qoidaga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to’rt kishi yo’q qilingan.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bir necha mamlakatda qamoqxonadan terrorchilikda ayblangan yuzlab mahbuslar qochgach, mintaqada AQSh va G’arb manfaatlariga qarshi terror tahdidi ehtimoli kuchaydi.

Bundan tashqari, Amerika razvedkasi Al-Qoida rahbari Ayman al-Zavohiriy va guruhning Yamandagi rahbari Nosir al-Vuxayshiy o’rtasidagi yozishmani qo’lga kiritgan. Zavohiriy unga arab yarimorolida xuruj uyushtirishni buyurgan. Vuxayshiy yaqinda uning o’rinbosari etib tayinlangan edi.

Shu munosabat bilan Qo’shma Shtatlar mintaqadagi qator elchixonalarini yakshanba kuni yopgan edi. Lekin kecha ba’zilari qayta ochilgan. 19 tasi esa hali ham yopiq. Iordaniya, Misr, Yaman, Liviyadagi elchixonalar shular jumlasidan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG