AQSh qonunchilari Yaqin Sharqqa qo'shimcha askar yuborishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Sano, Yaman, 22-yanvar, 2015-yil

Sano, Yaman, 22-yanvar, 2015-yil

AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Yamandagi siyosiy o'zgarishlarga qaramay, Amerikaning bu mamlakatdagi aksilterror harakatlari davom etadi.

Jurnalistlar bilan muloqot paytida AQSh rahbari Yamanda prezident va Vazirlar mahkamasi iste'foga chiqqandan so'ng jangarilarga qarshi dron hujumlari to'xtatilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Obamaga ko'ra, AQSh Yaman va Iroq hukumatlari bilan hamkorlik qilishda, razvedka ma'lumotlari bilan almashishda davom etadi.

"Qo'shma Shtatlar ko'p sonli askarlarni bu kabi mojarolarga tashlash strategiyasining ish bermasligini anglab yetgan. Bu bilan biz muammoni hal etmay, aksincha uni chuqurlashtiramiz", - deydi Obama.

Qo'shma Shtatlar Yamanda hokimiyatga kelgan kuchlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor.

Biroq amerikalik ikki qonunchi AQSh mintaqada ekstremistlarga qarshi kurash uchun qo'shimcha harbiylarni safarbar etishi kerak degan fikrda.

"Eron mintaqada ta'sirini kuchaytirmoqda. Yamanda hokimiyat al-Qoida emas, Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan hutiylar qo'liga o'tdi. Hozirda Eron Iroq, Livan, Suriya, Yamanda o'z so'zini o'tkazmoqda. Bahraynda ham ular harakatga kelib, qo'li baland kelmoqda", - deydi respublikachi senator Jon Makkeyn.

Qonunchi nazarida mintaqaga qo'shimcha kuch kiritish lozim.

"Maxsus kuchlarni, razvedkachilarni safarbar etishimiz kerak, boshqa turdagi salohiyatimizni oshirishimiz lozim", - deydi Makkeyn.

Senat Razvedka qo'mitasining raisasi, demokrat Dayan Feynshteyn ham shunday firkda.

Bugun BMT Xavfsizlik Kengashi yopiq eshiklar ortida Yamandagi vaziyatni muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG