AQSh diplomati: Markaziy Osiyo Afg'onistondagi maqsadlar uchun muhim

  • Amerika Ovozi

AQSh diplomati: Markaziy Osiyo Afg'onistondagi maqsadlar uchun muhim

AQSh diplomati: Markaziy Osiyo Afg'onistondagi maqsadlar uchun muhim

Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha yordamchisi Robert Bleyk Kongressga hisobot berdi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha yordamchisi Robert Bleyk 10-mart kuni Kongressning Vakillar Palatasi Tashqi aloqalar qo'mitasi qoshida hisobot berar ekan, Markaziy Osiyo Afg'oniston va Pokistonda ekstremistlarga qarshi kurashda o'ziga xos muhim rol o'ynamoqda, dedi.

Mintaqa davlatlari orqali xalqaro koalitsiya uchun zarur yuk olib o'tiladi.

Xususan O'zbekiston bu borada katta yordam bermoqda, deydi Bleyk, lekin AQSh bu bilan ushbu mamlakatdagi muammolarga ko'z yummayapti.

"O'zbekiston rahbariyatini inson huquqlarini e'zozlashga, paxta terimi paytida bolalar mehnatidan voz kechishga, matbuotni erkinlashtirishga da'vat etib kelayapmiz", - deydi rasmiy.

Kongress

Kongress

Tojikistonda ham siyosiy islohotlar sust kechmoqda, diniy va matbuot erkinligi cheklangan, deydi Bleyk.

Diplomat o'tgan yil yozida etnik zo'ravonliklarni boshdan kechirgan Qirg'izistondagi vaziyatni nazorat qilish lozim deydi, toki qon to'kilishlari takrorlanmasin.

Amerika Qozog'istonda aprel oyida o'tadigan prezident saylovini yaqindan kuzatadi.

"Demokratiya, inson huquqlari va diniy erinliklarni targ'ib qilishda Qirg'izistondan boshqa respublikalarda hali muvaffaqiyatga erishganimiz yo'q", - deydi Bleyk.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG