AQSh eksportini ikki baravarga oshirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Barak Obama mahalliy korxonalardan birida

Barak Obama mahalliy korxonalardan birida

Qo’shma Shtatlarda iqtisodiy vaziyat bir oz o’nglanganiga qaramay ishsizlik sur’ati hali ham yuqori.

Yangi ish o’rinlari yaratishni prezident Obama keyingi ikki yilda eng muhim vazifa deb belgilagan.

Kongress va unga saylangan yangi qonunchilardan ham talab shu. Chet davlatlar bilan erkin savdo kelishuvlarini ratifikatsiya qilish, eksport hajmini oshirish kunning eng dolzarb mavzulari.

Barak Obama o’z xalqiga qilgan murojatida mamlakat eksportini 2014 yilgacha 2 baravarga oshirishga va’da bergan.

“Xorijga qanchalik ko’p mahsulot sotsak, Amerikada shuncha ko’p ish o’rinlari yaratamiz”, - deydi u.

Obamaning aytishicha, eksport hajmini oshirish mamlakatda ikki million kishini ish bilan ta’minlaydi. O’tgan oy Qo’shma Shtatlar Janubiy Koreya bilan erkin savdo, avtomobil va go’sht eksporti borasida kelishuv imzolagan.

“Bu kelishuv iqtisodiyotimiz uchun xushxabar. Uni qo’llagan demokrat va respubikachilarga rahmat. Kongress hujjatni zudlik bilan ma’qullashi lozim”.

Prezident Obama bu kabi dasturlarni amalga oshirishda respublikachi qonunchilar bilan ishlashga umidvor. Kongressmen Deyv Kemp, kelasi olti oy ichida Janubiy Koreya, Panama va Kolumbiya bilan erkin savdo borasidagi barcha kelishuvlarni ratifikatsiya qilish zarur deydi.

Muqobil energetika sohasini rivojlantirishga e'tibor katta. Quvvatni quyosh nuri va shamol kuchidan oluvchi vositalar ishlab chiqarishni kengroq yo'lga qo'ymoqchi va bu borada global yetakchilikni qo'lga olmoqchi.

Muqobil energetika sohasini rivojlantirishga e'tibor katta. Quvvatni quyosh nuri va shamol kuchidan oluvchi vositalar ishlab chiqarishni kengroq yo'lga qo'ymoqchi va bu borada global yetakchilikni qo'lga olmoqchi.

“Aytilgan muhlat siyosat yoki kimningdur manfaatini ko’zlab belgilanmagan. Bitimlar kuchga kirishi fuqarolarimiz ish bilan ta’minlanishiga kafolat. Eksportni kengaytirsak, minglab amerikaliklar oyoqqa turadi. Byudjetdan pul sarflash ham shart emas”, - deydi respublikachi qonunchi.

Birgina Janubiy Koreya bilan imzolangan bitim, deydi Devid Kemp, 70 ming ish o’rni yaratishi mumkin. Uning demokrat hamkasbi Sander Levin esa yetti o’lchab bir kesgan ma’qul deydi.

“Shoshmasdan, o’ylab ko’rgan ma’qul. Savdo hajmi kengayib kelajakda foyda ham kattaroq bo’lishi kerak”.

Qonunchilar bilan uchrashgan tadbirkorlar nazarida kutishdan naf yo’q.

Amerika fermerlar uyushmasi rahbari Robert Stalmen eksportdan tushadigan har milliard dollar mamlakatda 9 ming ish o’rni yaratadi deydi.

“Birgina qishloq xo’jaligi mollari eksportidan uch milliard dollarlik daromad kelishi mumkin”.

Janubiy Koreya bilan erkin savdo tarafdorlari 2009 yilgi avtomobil savdosi hisobotidan iqtibos kelatiradilar. Unda yozilishicha, Janubiy Koreya 2009 yilda Amerikaga 500 mingta mashina eksport qilgan. AQSh esa bor yo’gi olti ming.

FedEx tezkor pochta xizmati rahbari Maykl Duker ortiq kutib bo’lmaydi deydi.

“Vaqtni qancha cho’zsak shuncha ko’p yutqazamiz. Boshqa davlatlar bu loyihalarni ilib ketishi ham hech gapmas. Chunki hisob-kitoblar hamma yerda bir”.

Vaziyat jiddiyligiga yana bir bor urg’u berish maqsadida qonunchilar Yevropa Ittifoqi shu yilning oxiriga borib Janubiy Koreya bilan erkin savdo kelishuvi imzolaydi deb bong urmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG