AQSh Qirg'izistonda yangi hukumatni olqishlamoqda

  • Amerika Ovozi

Jantoro Sotiboldiyev, 6-sentabr, 2012-yildan Qirg'iziston yangi bosh vaziri (foto www.kloop.kg saytidan olingan)

Jantoro Sotiboldiyev, 6-sentabr, 2012-yildan Qirg'iziston yangi bosh vaziri (foto www.kloop.kg saytidan olingan)

AQSh Davlat departamenti Qirg’izistonda yangi koalitsion hukumat tuzilgani va bosh vazir tayinlangani bilan rahbariyatni qutlab, bayonot chiqargan. Unda aytilishicha, bu hol respublikada demokratik institutlarning kuchidan dalolatdir.



“AQSh-Qirg’iziston munosabatlarini yanada kuchaytirishda yangi hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati va inson huquqlariga hurmatga asoslangan, mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar ishtirokini ta’minlagan demokratiyaga qaratilgan barcha harakatlarni qo’llab-quvvatlaymiz” deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.

Qirg’iziston parlamenti yangi hukumat tarkibini bugun tasdiqlagan. Aksariyat vazirlar lavozimlarini saqlab qolgan. Jantoro Sotiboldiyev bosh vazir lavozimida ishlaydi.

Sotiboldiyev sotsial-demokrat. Prezident Almazbek Atambayev ma'muriyatining rahbari bo'lib ishlagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG