USAID jahonda qizlar ta'limini targ'ib qilmoqda

  • Amerika Ovozi

“Bugun, deyarli har bir mamlakatda ham qiz, ham o’g’illar boshlang’ich ta’lim imkoniga ega ekaniga erishdik... Lekin yuqori sinflarga kelganda tobora ko’proq qizlar maktabga bormay qo’yadi",- deydi AQSh Xalqaro taraqqiyot agengligi vakili Syuzan Markam

“Bugun, deyarli har bir mamlakatda ham qiz, ham o’g’illar boshlang’ich ta’lim imkoniga ega ekaniga erishdik... Lekin yuqori sinflarga kelganda tobora ko’proq qizlar maktabga bormay qo’yadi",- deydi AQSh Xalqaro taraqqiyot agengligi vakili Syuzan Markam

Oxirgi hisobotga ko’ra, ayollar iqtisodiyotda erkaklar bilan teng ishtirok etsa, global iqtisod 2025-yilga borib yiliga 28 trillionga yetadi. Ya’ni 26 foizga o’sadi. Bunga erishish uchun qizlar maktabga borib, oliy ma’lumotli bo’lishi, ishga o’rnashishi uchun sharoit yaratish lozim.

Butun dunyo bo’ylab. Ana shu maqsadda Amerika hukumati o’zining yordam dasturlari, xususan, USAID, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi, orqali jahonning turli burchaklarida xotin-qizlar mavqeini mustahkamlashga hissa qo’shayapti.

“Amerika Ovozi” USAID vakili Syuzan Markam bilan suhbatlashdi.

“Uch muhim yo’nalishda ishlashimiz kerak”, - deydi rasmiy.

“Birinchidan, odamlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda yordam berish. Tushuncha-qadriyatlarni o’zgartirish yana bir masala. Qator davlatlarda, misol uchun, oila qurish yoki ajrashishga kelganda ayol va erkakka har xil muomala qilinadi. Shunday ekan, jamiyatdagi qadriyat-me’yorlar qayta ko’rib chiqilishi kerak. Shu yo’lda yordam berayapmiz. Uchinchidan, ayol va erkak kishiga bo’lgan muomala o’zgarishi lozim. Bilamiz, ko’plab davlatlarda ular teng ekani e’tirof etilmaydi. Xullas, tenglik, liderlik, ayollarga qarshi zo’ravonlik kabi muammolar yechimi ustida ishlayapmiz”, - deydi Syuzam Markam.

Uning aytishicha, avvalo ota-onalarni qizlar maktabga borishi muhim ekaniga ishontirish darkor. USAID bu borada alohida loyihalar yuritadi.

“Bugun, deyarli har bir mamlakatda ham qiz, ham o’g’illar boshlang’ich ta’lim imkoniga ega ekaniga erishdik”, - deydi Markam.

“Lekin yuqori sinflarga kelganda tobora ko’proq qizlar maktabga bormay qo’yadi. Demak, birinchi qiladigan ishimiz – ota-onalar qizlarni maktabga yuborishni xohlasin, buning uchun moliyani ayamasin. Shu bilan birga, har xil hukumatlar bilan hamkorlik qilib, maktablarda qizlar uchun sharoit bor ekaniga ishonch hosil qilayapmiz. Masalan, qizlar uchun hojatxonalar borligini ta’minlash, maktabga yetib borishi uchun transport va hokazolar. Qizlar o’qishga qo’rqmay borib kela olishi lozim. Va nihoyat, muallimlar vaqtida maosh olishini ta’minlash ustida ishlayapmiz. Bularning hammasi hukumatlarning irodasiga va bizning qo’llab-quvvatlovimizga bog’liq”, - deydi USAID vakili.

Maqsad, deya qo’shadi Markam, gender masalasi chetda qolib ketmasin. Energetika, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash, yo’qsillikni tugatish kabi muammolar ustida ishlayapmiz; darvoqe, gender muammolari bilan ham bandmiz, demaslik kerak. Bari birdek muhim masalalar, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG