AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa


Sietl Toshkent bilan birodar shahar ekan, bu yer ahli O’zbekiston va butun Markaziy Osiyo xususida ancha keng tasavvurga ega.

Yaqinda u yerda bo'lganimda, Sietlni dunyoga tanitgan Vashington Universitetida (University of Washington) mintaqa siyosati va hayotidan bilim olayotgan yoshlar bilan suhbatlashdim.

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

Vashington Universiteti mintaqani o’rganishda Amerikada yetakchi oliygoh. Nafaqat til va madaniyat balki Markaziy Osiyodagi siyosiy-iqtisodiy muhit, bu jamiyatlarni qiynab kelayotgan muammolar, tarix va taraqqiyot sohalarida ham izchil darslar beriladi, tadqiqotlar olib boriladi.

Professor va talabalar bilan muloqotimizdan shuni angladikki, Vashington Universitetining maqsadi global maydonda xizmat qiladigan mutaxassislar yetishtirish. Xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, etnik tafovutlarni bartaraf etib elatlarni farqlar emas, mushtarak manfaatlar haqida o’ylashga undaydigan va tinchlik-totuvlik yo’lida ter to’kadigan professionallar tayyorlash.

Magistrant Nik Stayner (Nick Steiner) - osiyolik muhojirlar farzandi. Amerikada katta bo’lgan. Uyg’ur tili va madaniyatini o’rganmoqda. Dunyo kezib, turli xalqlar hayoti bilan tanishib, ilmga, ayniqsa xalqaro aloqalar yo’nalishiga qiziqishim oshdi, deydi u.

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

"Bu asr Osiyo asri bo’lishi turgan gap. Osiyo deganda sharqiy yarimsharni bir qolipda ko’rish kerak emas. Xilma-xil jamiyatlar. Tezlikda o’zgarayotgan, o’ziga xos kuchga to’lib borayotgan mamlakatlar. Turkiyadan boshlab, O’zbekiston-u Vyetnam va Singapurgacha. Men huquqshunoslik sohasini ham egallab, migratsiya masalasi bilan shug’ullanmoqchiman”,- deydi Nik Stayner.

Bedii Duru Altug - Turkiyadan. Tilshunoslik sohasida bakalavrlik darajasini ham Vashington Universitetidan olgan ekan, hozir magistraturada. Asosiy diqqati – turkiy til va madaniyatlarda. Qiyosiy filologiya bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lmoqchi. Siyosat, iqtisod va taraqqiyot masalalarini ham o’rganmoqda.

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

“Markaziy Osiyo davlatlarining jahon bozoriga chiqish yo’llari… Yangi Ipak Yo’li sifatida ta’riflanuvchi savdo yo’nalishlari, iqtisodiy-madaniy birdamlik. Men mana shu masalalar bilan shug’ullanmoqchiman",- deydi Altug.

"Markaziy Osiyo uchun xalqaro moliya va iqtisodiy tizimga ulanish juda muhim deb o’ylayman”.

Suhroh Aslomiy (Sohrob Aslamy) - afg’on. AQShda tug’ilib, inglizcha gapirib ulg’aygan, lekin ajdodlari yashab o’tgan yurtni o’rganish, Afg’oniston va uning shimolidagi davlatlarni o’rganish, bu jamiyatlar taraqqiyoti uchun xizmat qilishni sharafli vazifa deb biladi. Bolaligidan shuni orzu qilgan ekan.

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

“Amerikalikmisiz yoki O’zbekistondan, odamlarni o’zaro manfaatlar birlashtirib turadi. Dunyo kichrayib bormoqda, chunki xalqlar bir-biri bilan tobora yaqin aloqada. Hamjihatlik va totuvlik – bir-birimizga quloq tutib murosa qilishni, kelishmovchiliklarga konkret yechimlar topib, yonma-yon yashashni o’rganishni talab qiladi. Mendek xalqaro aloqalar va diplomatiya sohasini o’rganayotgan yoshlar oldidagi vazifa, nazarimda, mana shu haqiqatni anglab yetish. Tinchlikparvarlik – burchimiz. Tengdoshlarimni hayotga jiddiy qarab, ijobiy o’zgarishlar qilish uchun o’z hissasini qo’shishga undagan bo’lardim”,- deydi Aslomiy.

Heyli Ueston Sider (Haley Weston Cider) O’zbekiston, Qozog’iston va Orol muammosini o’rganmoqda. O’zbek va rus tillarini puxta o’zlashtirish niyatida. Ekologiya muhofazasi va atrof-muhit kelajagi, ob-hayot va salomatlik yuzasidan izlanishlar olib bormoqda. Kelajakda shu sohada ishlamoqchi. Mintaqa bo’ylab safarlarda bo’lgan.

Heyli Veston Sider o'zbek va rus tillarini puxta o'rganmoqchi. Orolbo'yi tabiati va ekologik muammolar bilan shug'ullanmoqchi.

Heyli Veston Sider o'zbek va rus tillarini puxta o'rganmoqchi. Orolbo'yi tabiati va ekologik muammolar bilan shug'ullanmoqchi.

“Markaziy Osiyo – fusunkor mintaqa. Qayeriga bormang, o’ziga rom etadi. 2009-yil O’zbekistonga borganimda yoshlar, tengqurlarim bilan maza qilib gaplashdim",- deydi Sider.

"Amerikaliklar bu jamiyatlar, bu elatlar haqida yaxshiroq bilishi kerak, shundagina bir-birimizni tushunish oson kechadi. Meni ekologik vaziyat judayam qiziqtiradi”.

Piter Klempner (Peter Klempner) esa turkiy va fors tillaridan, shuningdek musiqa va madaniyatdan saboq olmoqda. Kursdoshlari singari u ham Markaziy Osiyoni, shuningdek uyg’urlar Sharqiy Turkiston, Xitoy esa Shinjon deb ataydigan regionni aylanib chiqqan. Bir oz u yerda yashagan. Hayot bilan yaqindan tanishgan.

Afsuski, deydi u, bu xalqlar musiqiy merosi haqida ingliz tilida darslik va qo’llanmalar juda kam. U yerda borib izlanish esa oson emas. Lekin qiziqqanga, intilganga omad yor. Ko’p hollarda uni josus yoki agent deb o’ylashadi.

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

“Deyarli har safar so’rashadi, Markaziy Razvedka Agentligi yoki Federal Qizidruv Byurosiga ishlaysanmi deb. Masalan Tojikistonga borganimda diplomat bo’lsang kerak deb gumon qilishdi”,- deydi Klempner.

Bu yoshlarning bari O’zbekiston va qo’shni davlatlarga ko’proq borib, o’z tengqurlari bilan yaqindan tanishib, fikr almashishni, bu o’lkalarning yoshlari ham Amerikaga kelib o’qishini, buning uchun davlatlar imkoniyatlar yaratib berishini xohlaydi.

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

AQSh bo'lajak diplomat va olimlari: Markaziy Osiyo muhim mintaqa

Internet orqali, albatta, bir-birimiz haqimizda ko’proq bilayapmiz, deydi ular, lekin bir davrada o’tirib, muloqot qilishga nima yetsin. Tushunmovchiliklar, shubha va gumonlarni bartaraf etish uchun aloqalarni kengaytirish lozim, deydi bu yoshlar.

Birdamlik, iqtisod va ekologiya, madaniyat va ta’lim sohasida ishlab taraqqiyot va tinchlik yo’lida xizmat qilishni burch deb biladigan bu yoshlar o’z hissasini qo’shishga tayyor.

Amerika Manzaralari, 12-dekabr, 2011

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG