Huquq tashkilotlari Malayziya uyg'urlarni Xitoyga topshirganini qoraladi

  • Amerika Ovozi

Huquq tashkilotlari Malayziya uyg'urlarni Xitoyga topshirganini qoraladi

Huquq tashkilotlari Malayziya uyg'urlarni Xitoyga topshirganini qoraladi

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Xalqaro Amnistiya va Human Rights Watch tashkilotlari Malayziya hukumatining o'tgan hafta hibsga olingan 11 uyg'urni Xitoyga topshirganini qoralamoqda. Bu guruhlar nazarida uyg'urlarga mamlakatda qolib, BMT orqali qochqin maqomini olishga imkon berish zarur edi. Ular mahbuslarning Xitoyda qiynoqqa solinishidan xavotirda.

Jami o'tgan hafta Malayziyada 16 uyg'ur hibsga olingan. BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissariati ham Malayziya qarori bo'yicha afsus bildirib, ularni deportatsiya qilishdan oldin BMT rasmiylari bilan uchrashtirish kerak edi, deydi.

Agentlik ayni damda Malayziyada qolgan besh uyg'ur bilan aloqaga chiqmoqchi. Agar, deydi BMT idorasi, Xitoyda jinoyatga qo'l urgan bo'lsa, ularni ekstraditsiya qilmasdan, ishini Malayziyaning o'zida ko'rib chiqish lozim.

Rasmiy Kuala-Lumpurning tushuntirishicha, bu uyg'urlar inson savdosi bilan shug'ullangan, Xitoydan Tailand orqali Malayziyaga odam tashigan.

Human Rights Watch tashkilotiga ko'ra, bungacha Xitoy bosimi tufayli Tailand, Pokiston, Kambodja ham uyg'urlarni Xitoyga topshirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG