Guantanamodan ozod etilgan uyg'urlar Slovakiyaga boradi

  • Amerika Ovozi

Guantanamodagi uyg'urlar, arxiv surat, 2006-yil

Guantanamodagi uyg'urlar, arxiv surat, 2006-yil

Slovakiya AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasidan ozod etilgan uch nafar uyg’urni qabul qilishga rozi bo’ldi.

Guantanamoda jami 22 uyg’ur bor edi. Ular Afg’onistonda ushlanib, oroldagi qamoqxonaga keltirilgan edi.

2008-yilda AQSh sudi ularni ozod etishga buyurgan, ammo mahbuslarni joylashtirish muammosi vujudga kelgan. Vatani Xitoyga jo’natish xavfli edi, chunki ular qiynoqqa solinishi mumkin edi, AQShning o’zi esa uyg’urlarni qabul qilishni xohlamadi.

Shundan so’ng Bermuda, Salvador va Shveysariya ularni o’ziga olishga qaror qildi. Slovakiya so’nggi uch nafarini qabul qilgan davlat bo’ldi.

Yaqinda ikki sobiq mahbus Saudiya Arabistoni, yana ikkisi esa Sudanga jo’natildi. Ular Guantanamoda 10 yildan ortiq saqlangan.

Prezident Barak Obama qamoqxonani yopishga va'da bergan. Oq uy aybsiz deb topilgan mahbuslarni qabul qilmoqchi bo’lgan davlatlardan kafolatlar istaydi. Eng muhimi, mamlakatlar ozod etilgan fuqarolarini qiynoqqa solmaslikka va ularning terror yo’liga kirmasligiga so’z berishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG