Vashingtonda o'zbek kinosi kunlari, rejissyor Shuhrat Abbosov bilan muloqot


Vashingtonda o'zbek kinosi kunlari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Shuhrat Abbosov mehmon

Vashingtonda o'zbek kinosi kunlari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Shuhrat Abbosov mehmon

Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo bo'limi va O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida o'tkazilayotgan festivalda Sovet davrining o'lmas kartinalaridan "Sen yetim emassan", shuningdek, mustaqillik yillarida ishlangan "Parizod" va "Ota" singari sara filmlar ko'rsatilmoqda. Taniqli kino ustalari - keksa arbob Shuhrat Abbosov va yosh rejissyorlardan Ayub Shahobiddinov AQSh poytaxtida mehmon.

Sovet davridagi va bugungi kundagi kino san'atini o'rganib kelayotgan olim Poter Rollberg nazarida Shuhrat Abbosov nafaqat vatani, balki sobiq SSSR va jahon kinosi taraqqiyotiga hissa qo'shgan arbobdir.

O'zbek kinosi o'ziga xos murakkab davrni boshdan kechirgan va kechirmoqda, deydi u. Lekin sinovlarga bardosh berib kelgan, buni esa Amerika ommasiga taqdim etilayotgan kartinalarni ko'rib bilasiz, deydi u.

85 yoshni qoralab qo'ygan bo'lsa-da, hamon faol va g'ayratli Shuhrat Abbosov "Sen yetim emassan" filmi katta ekranga chiqqanida 33 yoshda bo'lgan. O'sha davr qahramonlarini eks ettirgan asar bu, deydi u. Film ko'targan mavzular va qadriyatlar umumbashariy va o'lmas. Shu bois ham u jahon miqyosida yuqori baholanadi va qay jamiyatda bo'lmasin, muxlis uni ko'zida yosh bilan tomosha qiladi.

Shuhrat Abbosov Qo'qonda oddiy oilada katta bo'lgan. Podachilikdan tortib hisobchilikkacha, aniq fanlardan tortib san'atgacha, o'zini sinab ko'rmagan va uni elakdan o'tkazmagan soha qolmagan.

"Sen yetim emassan" taqdimoti ketidan Shuhrat Abbosovni suhbatga tortdik va bugungi o'zbek kinosi, iste'dodlar, ijod va mavzular haqida so'radik. Tinglang:

O'zbek kinosini rivojlantirgan arboblardan biri Shuhrat Abbosov bilan Vashingtonda suhbat, 22-sentabr, 2015

O'zbek kinosini rivojlantirgan arboblardan biri Shuhrat Abbosov bilan Vashingtonda suhbat, 22-sentabr, 2015

Vashingtonda o'zbek kinosi haftaligi

Vashingtonda o'zbek kinosi haftaligi

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG