Breaking News

O'zbek mashshoq: Afg'onistonda mumtoz kuy muxlislari ko'p


Abdulmanon Andhuiy O’zbekistonning Termiz sharida olti oy bo’lib, klassik musiqa bobida ta’lim olgan. Bebaho tajriba, deydi u.
Abdulmanon Andhuiy O’zbekistonning Termiz sharida olti oy bo’lib, klassik musiqa bobida ta’lim olgan. Bebaho tajriba, deydi u.
Klassik musiqa bebaho – qadim tarixga ega madaniy meros. Afg’onistonda ham uning muxlislari va ijrochilari ko’p. Shimoliy viloyatlar, jumladan, Badaxshon, Samangon, Taxxor, Balx, Qunduz va Juzijondan ko’zga ko’ringan san’atkorlar chiqqan.

Mashshoq Abdulmannon Andhuiy bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:36 0:00

Abdulmannon Andhuiy ijrosidagi kuy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00
Yuklab oling

Abdulmannon Andhuiy Juzijon viloyat oliygohining O’zbek tili va adabiyot bo’limida o’qiydi. Faryob viloyatining Andhuiy tumanidan. Mumtoz musiqa bilan bolalikdan shug’ullanib kelmoqda.

“Otam va amakim klassik musiqa bilan mashg’ul edilar. Men u payt bola edim. Musiqa mashq qilish uchun bir uy bor edi. Otam va amakim shu yerda mashq qilardi va qo’shiq aytardi. Kunlardan bir kun shu uyga borib, dutor chalib ko’rdim. Qo’lim kelishgandek bo’ldi. Keyin otamdan uni o’rganish uchun ruxsat so’radim”,- deydi Andhuiy.

Uning fikricha, klassik musiqa shunday narsaki, har kimning she’ri va so’zi ham to’g’ri kelavermaydi.

“Ko’proq Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muqimiy, Chokar va hozirgi shoirlarlardan ustoz Matin Andhuiy, G’ulom Sahiy Vakilzoda she’rlaridan foydalanaman”,- deydi ijodkor.

Mumtoz musiqani qadrlash, rivojlantirish kerak, deydi u. Bu o’zbek xalqining asl musiqasi ekan, uni asrab-avaylash burchdir.

Abdulmanon Andhuiy O’zbekistonning Termiz sharida olti oy bo’lib, klassik musiqa bobida ta’lim olgan. Bebaho tajriba, deydi u.

“O’zbek klassik musiqasini o’rgatish uchun hozir hech qanday bir maktab yo’q va o’rgatish uchun hech kim biror ish boshlagani yo’q. O’zbekiston va Tojikistonda buni biladigan ustozlar bor. Shu o’lkalardan ustozlar kelib, Afg’onistonda klassik musiqani yoqtiradigan odamlarga o’rgatar degan umiddaman”,- deydi Andhuiy.

Mumtoz musiqa bilan shug’ullanganlar boylik ketidan uchmaydigan odamlar, deydi suhbatdosh. Hozirgi kunda dunyoning qayerida bo’lmasin, zamonaviy musiqaning bozori chaqqon.

Pul uchun ijod qilish ayb, deydi Abdulmannon Andhuiy.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish uchun hukumat zarur imkoniyat va sharoit yaratgani yo’q, deydi u, lekin mumtoz musiqa hech bo’lmasa radiolarda yangrab turibdi. Shunga ham shukur, deydi san’atkor.
XS
SM
MD
LG