Vatandagi manzara: Paxta terimi boshlandi, terimchi kimligini aytmaysizmi?

  • Gazetxon Do'st

Vatandagi manzara: Paxta terimi boshlandi, terimchi kimligini aytmaysizmi?

Vatandagi manzara: Paxta terimi boshlandi, terimchi kimligini aytmaysizmi?

O’zbekistonda paxta mavsumi boshlanib ketgan, universitet va kollej talabalari ommaviy ravishda terimga olib ketilayapti. Ammo axborot vositalari, xususan televideniye va radiolar, bu borada lom-mim demaydi.

Yangiliklarni tomosha qilsangiz, har doimgidek, parlamentda deputatlar turli masalalarni muhokama qilayotgani yoki rasmiy uchrashuv va maslislarni ko’rasiz.

Gazetalarda Toshkentda har yili o’tkaziladigan xalqaro paxta yarmarkasiga tayyorgarlik ketayotgani haqida o’qiysiz, lekin oq oltinni terib olish uchun maktablar va oliygohlar yopila boshlagani haqida gap yo’q.

Tashqi dunyoda esa O’zbekistonda bolalarning majburiy mehnati evaziga terilayotgan paxtaga nisbatan norozilik kuchayib bormoqda. Biroq bunday xabarlarning oddiy xalqqa, jumladan qora terga botib mehnat qilayotgan paxtakorlarga yetib bormasligi uchun zarur choralar ko’rilgan - axborot oqimi cheklangan.

Vatandagi manzara: Paxta terimi boshlandi, terimchi kimligini aytmaysizmi?

Vatandagi manzara: Paxta terimi boshlandi, terimchi kimligini aytmaysizmi?

Paxta xirmoni ko’tarilar ekan, jahon bozorida bolalar mehnati evaziga terilayotgan o’zbek oq oltinini rad etish, boykot qilish kampaniyasi yanada avj olmoqda.

Taniqli va yirik o’nlab shirkatlar qatoriga yaqinda “Adidas” kiyim-kechak firmasi ham qo’shildi.

Terim davrida odatda viloyatlar bo’ylab maktablarda darslar to’xtatiladi, 5-6-sinfdan boshlab hamma dalaga chiqishi kerak. Hokimyat tomonidan belgilangan rejani bajarish lozim.

Bu yil hozircha maktab o’quvchilari olib chiqilmagan bo’lsa-da, fermerlar bolalarning dalaga chiqarilish ehtimoli yuqori ekanini aytadi.

Terimga jalb etilganlar uchun paxta dalalarida qanday sharoit yaratilgan?

Ichimlik suvi taqchil. Turli kimyoviy o’g’itlar bilan to’yintirilgan suvni iste’mol qilish yosh avlod sog’lig’ini xavf ostiga qo’yadi.

O’tgan yili Jizzax viloyatida maktab o’quvchilarining suvdan kasallanishi hollari ko’p kuzatilgan edi. Paxta rejasini bajara olmagan talabalardan biri o’qituvchilar tomonidan izza qilinishi oqibatida o’z joniga qasd qilgan.

Terimdan oldin paxtani kimyoviy og’itlar bilan defolyatsiya qilib chiqilishi ham mehnatkashlar hayotini xatar ostiga qo’yadi.

Bu yil O’zbekistonning o’zida ishlab chiqarilgan yangi paxta terish mashinalari sinovdan o’tkazilishi kutilmoqda. Biroq bu vositalar soni cheklangan.

Vatandagi manzara: Paxta terimi boshlandi, terimchi kimligini aytmaysizmi?

Vatandagi manzara: Paxta terimi boshlandi, terimchi kimligini aytmaysizmi?

O’zbekistonda paxta fermer tomonidan yetishtirilsa-da, biroq hosilning qanday, kim tomonidan terib olinishi, shuningdek qanchadan sotilishi mutlaq hokimyat vakolatidagi masala.

Paxtakorlar odatda ekin uchun ketadigan pul hukumat sotib olayotgan bahodan qimmatroqqa tushishini ta’kidlashadi.

Dehqon paxtani daromad uchun emas, hukumat buyurtmasini bajarish uchungina yetishtiradi. Rejani bajarmagan fermerlarning sudga tortilishi, ulardan yerlarining olib qo’yilishi - mavsum oxiridagi odatiy jarayon.

O’zbekistonda bolalarning majburiy mehnatga jalb etilishi taqiqlangan. Lekin mana bir necha yildirki, bu qonunni hukumatning o’zi buzib keladi. Maktab o’quvchilarini terimga safarbar qilish ko’rsatmasi odatda rahbariyat tomonidan beriladi.

G’arbda bu muammo yuzasidan ketayotgan targ’ibot ishlari hozircha O’zbekiston hayotiga ta’sir etmayapti. Lekin yaqinda prezident Islom Karimovning to’ng’ich qizi Gulnora Karimovaning Nyu-Yorkdagi moda ko’rgazmasidan chetlatilgani aynan mana shu kampaniya mahsulidir.

XS
SM
MD
LG