Dehqon va faol: Tashqi yordam muhim lekin O'zbekiston paxta muammosini o'zi hal etishi kerak


Amerika uzoq yillardan beri O’zbekistonni qishloq xo’jaligini isloh qilib, strategik mahsulot bo’lmish paxta sohasida majburiy mehnatdan butkul voz kechishga undab keladi.

Islom Karimov boshchiligidagi hukumat avvaliga bu muammoni tan olmay keldi, lekin keyinchalik G’arb bosimi ostida bolalar mehnatini qonunan man etdi.

Lekin majburiy mehnatga hamon chek qo’yilmagan. Har yili yuzlab ming fuqaro paxta terimiga olib chiqiladi. Iqtisodiyotning asosi bo’lgan oq oltin qo’lda teriladi.

Huquq tashkilotlari Amerika va Yevropa Ittifoqini bu masala yuzasidan O’zbekistonga bosimni davom ettirishga chaqirib keladi. Yaqinda AQSh Kongressida kechgan muhokamada ham shunday takliflar yangradi.

Vashingtonga seminarga kelgan jizzaxlik paxtakor Abdulqosim Mamarasulov va Ezgulik inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov munozarani yaqindan kuzatdi.

Muhokama ketidan ular bilan suhbatda bo’ldik. Majburiy mehnat tushunchasi, Amerika siyosati va yordami xususida so'radik.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG