Breaking News

O'zbekistonlik san'atkor Amerikada o'zbek raqsini targ'ib qilmoqda


Anti-Houthi protesters demonstrate in Yemen's southwestern city of Taiz, March 23, 2015.
Anti-Houthi protesters demonstrate in Yemen's southwestern city of Taiz, March 23, 2015.
Amerikada o’zbek jamoasi kengaygan sari bu yurtga kelayotgan san’atkorlar soni ham oshmoqda. Ba’zilari turmush tashvishlari bilan bo’lib, kasbini vaqtincha tashlab qo’ygan bo’lsa, Zamira Salim kabi san’atkorlar o’zbek madaniyatini o’zga zaminda targ’ib qilishga hissasini qo’shyapti.

Zamira Salim professional raqs bilan 20 yildan oshiq shug’ullanadi. Raqs sirlarini avval ona shahri Namanganda, so’ng esa Toshkentda Viloyat Oqilova, Qodir Mo’minov, Ma’mura Ergasheva, Yulduz Ismatova kabi buyuk ustozlardan o’rganadi.

“Lazgi” ansamblida ko’zga ko’rinib, 1998-yili Nasiba Abdullayevaning taklifi bilan uning konsertida ishtirok etish uchun ilk bor Amerikaga keladi. So’ng Mavluda Asalxo’jayeva bilan bu yurtga qaytib, unga mehr qo’yadi, bo’lg’usi turmush o’rtog’i bilan tanishib, oila quradi.



Amerikada yashayotganiga 10 yil bo’libdiki, Zamira Salimning o’yu xayoli o’zbek raqsini targ’ib qilish, o’z shogirdlarini yetishtirishda.

San'atkor bir yil oldin Nyu-Yorkda “O’zbekiston gullari” raqs dastasiga asos solib, qiziqqan o’zbek yoshlarini unga jalb qildi.

Sofiya Karimova va uning opasi Parvina oilasi bilan Amerikaga yetti yil oldin kelgan. Zamira Salimning o’quvchilaridan.

"Zamira Salim bilan Mustaqillik bayramida tanishib qoldik. Raqsga tushayotgan edilar. Men ham raqsni yaxshi ko’raman. So’ng Feysbukda do’stlashdik. Ular mendan “raqsga tushishni o’rganishni xohlaysanmi” deb so’rashdi. Men “ha” deb javob berdim", - deydi Sofiya.

Boshida o’zbek raqsidan bexabar bo’lgan bu qizlar bir yilda ustozidan ko’p narsalarni o’rganib, endi amerikalik tengqurlariga ham bu san’at sirlarini o’rgatmoqda.

"Sinfdoshlarimga juda yoqadi. Ansamblimiz, liboslarimiz. Ular bunaqasini ilgari ko’rishmagan. Maktabdagi bir tadbirda libosimni kiyib chiqib, hammani lol qoldirganman", - deydi Sofiya.

So’nggi paytlarda Nyu-Yorkdagi hech bir o’zbek madaniy tadbiri “O’zbekiston gullari”siz o’tmaydi. Navro’z, Mustaqillik kuni, Bayroq kuni, Yangi yil kabi bayramlar va tadbirlarda ular beminnat xizmat qilishadi.

Raqqosalarning rang-barang, chiroyli liboslarini Zamira Salimning o’zi tayyorlagan.

Zamira Salim qo’shiq kuylashni ham yaxshi ko’radi. Yaqinda Zamira Salim o’zi kuylagan xalq qo’shig’iga shogirdlari bilan raqsga tushib, ilk musiqali klipida suratga tushdi.
  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG