Yevropa O'zbekistonga ko'p kuzatuvchi yubormaydi

  • Amerika Ovozi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Venada asoslangan

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Venada asoslangan

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari idorasi O'zbekistonda 21-dekabrga belgilangan parlament saylovlarini kuzatish uchun cheklangan missiya yuboradi.

Missiya 11 xalqaro ekspert va sakkiz kuzatuvchidan iborat. Ular Belarus, Bosniya va Gersegovina, Britaniya, Germaniya, Daniya, Italiya, Moldova, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Rossiya, Serbiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya va Shvetsiyadan.

Guruh kuzatuvlarni kundalik ravishda va to'liq olib bormaydi. Missiya a'zolari mamlakat bo'ylab bir necha saylov uchastkalarida bo'lib, hisobot tayyorlaydi. Yakuniy hujjat saylovdan ikki oydan so'ng e'lon qilinadi.

Missiyaga elchi Daan Vilyam Everts rahbarlik qilmoqda.

O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 35 ta xorijiy davlat, shu jumladan Osiyo, Yevropa, MDH mamlakatlari, Afrika va Amerikadagi 275 nafar kuzatuvchiga taklifnomalar yuborilgan.

Odatda O'zbekiston hukumati taklifi bilan borgan mehmonlar professional kuzatuvchilar hisoblanmaydi. Ular ko'p hollarda hech kimga o'z ko'rgan-bilganlari haqida hisobot bermaydi. Jarayon bilan O'zbekiston rasmiylari hamrohligida tanishgan mehmonlar o'z taassurotlarini davlat ommaviy axborot vositalari orqali bildiradi.

Saylovni kuzatish chuqur bilim va tajriba talab qiladi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti to'liq missiya safarbar etsa, ular alohida treninglardan o'tadi. Kuzatuvchi saylov o'tkazayotgan davlat tizimi, qonunlari, mahalliy tuzilmalar, fuqaro jamiyati, erkinkinlik va oshkoralik darajasi xususida ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Ular o'z kuzatgan jarayonlari haqida mustaqil ravishda hisobot berishi shart.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG