So'xda garovga olingan qirg'iz fuqarolari ozod etilgan

  • Amerika Ovozi

Matbuotdagi xabarlarga ko’ra, O’zbekistonning So’x rayonida garovda ushlangan 30 nafar qirg’iz fuqarosi bugun ozod etilgan.

Qirg’iziston Chegara xavfsizligi xizmatining bildirishicha, kecha So’xning Hushyor qishlog’i aholisi qirg’iz chegarachilariga hujum qilib, avtobusda ketayotgan odamlarni garovga olgan. To’qnashuvda bir qirg’iz militsioneri jarohat olgan.

Biroq O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati bayonotiga ko’ra, ayb qirg’iz chegarachilarida. Ular hududning O’zbekistonga tegishli qismida elektr stolbalarini o’rnatishga qarakat qilib, bunga norozilik bildirgan aholiga qarshi qurol ishlatgan. Besh o’zbek fuqarosi yaralanib, ahvoli og’ir.

So’x rayoni Qirg’iziston ichidagi O’zbekistonga tegishli uch anklavlardan biri. Hushyor qishlog’ida asosan tojik millatiga mansub fuqarolar istiqomat qiladi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining raisi, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Leonid Kojara mojrao tinch yo'l bilan hal etilganidan mamnun ekanini bildirgan.

"Zarur bo'lsa, tashkilot vositachi bo'lishga tayyor" deyiladi YXHT bayonotida.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG