Vatandagi manzara: O'zbekiston hukumati Obama qarori haqida qanday fikrda?

  • Gazetxon Do'st

Vatandagi manzara: O'zbekiston hukumati Obama qarori haqida qanday fikrda?

Vatandagi manzara: O'zbekiston hukumati Obama qarori haqida qanday fikrda?

Ikki kundan buyon xalqaro matbuot diqqatdagi mavzulardan biri – AQSh prezidentining Afg’onistondan qo’shinlarni olib chiqa boshlash haqidagi bayonoti.

Lekin bu yangilik O’zbekistonda biror aks sado bermadi. Afg’oniston yaqin qo’shni va prezident Islom Karimov xalqaro kuchlarning Afg’onistonga kirishini boshidan qo’llab-quvvatlagan.

Rasmiy Toshkent mintaqa xavfsizligiga tahdidni asosan Afg’onistondagi vaziyatdan ko’rishiga qaramasdan hozircha Barak Obama qarori yuzasidan o’z munosabatini oshkor etayotgani yo’q.

Obama rejasiga ko’ra, Afg’onistondagi qo’shinlarning dastlabki qismi shu yil olib chiqiladi.

“Novosti Uzbekistana” gazetasi AQSh va Tolibon o’rtasida boshlangan muzokaralar haqida yozar ekan, buning sababini urushning cho’zilib ketganida, Afg’oniston aholisi orasida radikalizm kuchayganida va NATO a’zolarining geosiyosiy maqsadlarida, jumladan transafg’on (TAPI) loyihasini amalga oshirishda ko’radi.

Islom Karimov

Islom Karimov

O’zbekiston prezidentining Afg’oniston haqidagi so’nggi chiqishi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostonadagi sammitida kuzatilgan edi.

Karimov Afg’onistonda harbiy yo'l bilan barqarorlikka erishib bo’lmasligi haqida gapirgan edi. Uning fikricha qo'shni davlatni qayta tiklashda xalqaro hamjamiyat faol ishtirok etishi zarur.

AQSh va Tolibon o’rtasida borayotgan muzokaralar yuzasidan O’zbekiston pozitsiyasi noma’lum.

AQSh prezidenti “Amerika Ovozi”ga bergan intervyusida Afg’oniston konstitutsiyasiga amal qilgan va al-Qoida bilan aloqalarini uzgan barcha tomonlar bilan siyosiy muloqotni quvvatlashini bildirdi.

Ko'plab ekspertlar nazarida xalqaro kuchlar Afg’onistonni tark etsa toliblar mavqei yana kuchayishi mumkin. Bu esa radikal islom yoyilishini asosiy tahdid sifatida ko’radigan O’zbekistonda ham xavotir uyg'otishi tayin.

XS
SM
MD
LG