O'zbek yigitlar o'zini kim va nima uchun qurbon qilmoqda?


Aksariyati o’zbeklardan iborat deb ko’rilayotgan “Imom al-Buxoriy” guruhi tarqatgan videoda yosh o’zbek yigitining Suriyadagi Fua shahri uchun kechgan jangda o'zini tank ichida portlatgani tasvirlangan.

Aksariyati o’zbeklardan iborat deb ko’rilayotgan “Imom al-Buxoriy” guruhi tarqatgan videoda yosh o’zbek yigitining Suriyadagi Fua shahri uchun kechgan jangda o'zini tank ichida portlatgani tasvirlangan.

Yuz minglab suriyaliklar dunyo bo’ylab qochqinga aylanayotgan paytda o'zlarini "Islomiy davlat" deb targ'ib qilayotgan g'anim kuchlar safiga qo'shilganlar orasida markaziy osiyoliklar, jumladan, yosh o'zbek yigitlari bor. Kuni kecha internetga qo’yilgan video tasvir ijtimoiy tarmoqlarda asosiy mavzuga aylangan.

Aksariyati o’zbeklardan iborat deb ko’rilayotgan “Imom Buxoriy” guruhi tarqatgan videoda yosh o’zbek yigitining Suriyadagi Fua shahri uchun kechgan jangdagi xudkushligi tasvirlangan.

Tasvir Ja’far at-Tayyor deya tanishtirilgan yigitning safdoshlari bilan vidolashayotganidan boshlanadi.

Keyingi ko’rinishda portlovchi moddalar ortilgan BTRda o’tirgan yigitcha yig’lay boshlaydi. Birodarlarining daldasiga javoban, “niyati xolis bo’lmay qolishidan” qo’rqayotganini aytadi. So’ng jangavor mashinada qarshi kuchlar istehkomiga qarab yo’l oladi; keyinroq tasvirda kuchli portlash ko’rsatiladi, olqishlar yangraydi.

“Islom va siyosat” sahifasi muallifi Muhammadsolih Abutovga ko’ra, video radikal jangari emas, bosim ostida o’zini portlatgan yosh bola haqida.

“Videoda o’zini Ja’far at-Tayor deb nomlagan bola yig’layapti. Atrofdagilar dalda berayapti. Qarang, yosh o’zbek yigiti - o’qishi, yashashi kerak, Asadga qarshi jangda o’zini qurbon qilayapti. Qani bu yerda mantiq, ma’no? Uning o’zi aslida buni unchalik xohlayotgani ham yo’q, ammo jamoaviy bosim shunga majbur etmoqda. Eng yomoni shu - islomiy jamoatda bu bor narsa. Bo’lib ham yana qayerda, Suriyada. Bu jihod o’sha yerdagi xalqning zimmasida, ularning o’zi kurashishi kerak, vatanini ozod qilishi kerak zolimdan. Suriyaliklar hozir millionlab Yevropaga qochayapti. Biznikilar, yosh bolalar esa u yerga borib xudkushlik qilayapti. Har xil guruhlar ta’siriga tushib, qurbon…”, - deydi Muhammadsolih Abutov.

Bu tasvir o’zbek jamoatchiligida qanday aks-sado berishi mumkin, xudkushlik maqomining o’zbek yoshlariga tahdidi qanchalik?

Muhammadsolih Abutov bu haqda shunday deydi:

“O’zbekistondagi ulamolar qora kuchlar degani bilan, jihodchilikka qo’shilayotganlarni to’xtatib qololmaydi. O’zbekistonda jihod maydonidagi go’yalarni o’rganayotgan tadqiqotlarning o’zi yo’q. Ular nimaga asoslanayapti, nega shunday voqealar bo’layapti, buni jiddiy o’rganish kerak. “Qora kuchlar”, “ko’rolmaydiganlar” degan safsatalardan foyda yo’q. Xudkushlar ham hammaga o’xshagan odamlar, lekin shu ishga qo’l urayotgan ekan, nima majbur etayapti ularni? Afsuski, rejim xizmatiga kirgan ulamolar tomonidan, odatda, bu narsa o’rganilmaydi”, - deydi Abutov.

O’zbekiston diniy nazorat o’ta kuchli, e’tiqod erkinligi keskin cheklangan davlatlardan. Minglab odamlar diniy e’tiqodi uchun qamalgan. Terrorizm, ekstremizmga qarshi kurashish mamlakat xavfsizligining asosiy ustunlaridan biri. Islom Karimov yoshlarni turli diniy oqimlar ta’siridan saqlash lozimligini ta’kidlaydi. Biroq bu cheklovlar, bosim va nazorat ham radikal guruhlarga qo’shilayotganlar sonini kamaytirayotgani yo’q.

“O’zbekistonda o’tirib, ijtimoiy tarmoqlardagi chaqiriqlarga ko’ra radikal guruhlarga qo’shilayotgan yoshlar borligini tasavvur qilish qiyin. Shundoq ham ko’p saytlar bloklangan bir sharoitda. Qo’shilayotganlar asosan mamlakatda zulmga uchraganlar, ta’qib va bosimlardan qochib muhojirlikda yurganlar… Ammo eng muhim nuqta bu adolatsizlik. O’zlari yashayotgan joyda turli adolatsizlikka uchrash”, - degan fikrda Abutov.

O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining Diniy ishlar oo’mitasi tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko’ra, 31 milliondan oshiq O’zbekiston aholisining 94 foizini musulmonlar tashkil etadi.

Suriyadagi o'zbek jangarilari tarqatgan videodan olingan suratlar:

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG